Kompozit davlat xizmatlari

Ilgari yurtdoshlarimiz farzandli bo‘lgach, FHDYo bo‘limlari eshiklarida sarg‘ayar, uzundan uzoq navbatlar kamlik qilganiday chaqaloqqa guvohnoma olish uchun xodimlarning qosh-qovog‘iga qarab muomala qilishga majbur bo‘lishardi.

Qolaversa, ko‘rsatiladigan xizmatlar preyskuranti ommadan sir tutilgani bois bir xil xizmat uchun turli joyda har xil to‘lov undirilardi. Ilgari birov bilib, birov bilmay qoladigan bunday ishlar ijtimoiy tarmoqlar ommalashgani ortidan fosh bo‘la boshladi.

2020 yildan tug‘ilish bilan bog‘liq barcha davlat xizmatlari umumlashtirildi, ya’ni kompozit xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Tug‘ilish bilan bog‘liq barcha davlat xizmatlari Foto: Adliya vazirligi

Bunda birgina ariza yuborish orqali 6 ta xizmatdan foydalanish mumkin bo‘ladi:

  • tug‘uruqxonadan bola tug‘ilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
  • FHDYo bo‘limida bola tug‘ilganligini qayd qilish;
  • bolani otasi yoki onasining doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yish;
  • farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish;
  • poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish;
  • bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish.

Kompozit davlat xizmatlari ko‘rsatilishining yo‘lga qo‘yilishi bilan 15 dan ortiq hujjat qisqarib, 4 ta idoraga borishga, fuqarolarning eshikma-eshik sarg‘ayib yurishlariga barham berildi. Bu esa Toshkentda yashayotgan viloyatliklarga o‘nga yaqin hujjatlarni poytaxtning o‘zida olish imkonini berdi.

2023 yilning 1 yanvaridan boshlab esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish talab etilmaydigan bo‘ldi, tug‘uruqxonaning o‘zida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga tenglashtiriladigan QR-kodli ma’lumotnomani olish mumkin. Hozircha Toshkentda joriy etilgan bu tartib 1 iyundan boshlab butun respublika hududida