Toshkentda FHDYo haqidagi ma'lumotnomalar DXM orqali berilishi yo‘lga qo‘yildi

Foto: O‘zA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga muvofiq, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDYo) haqidagi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma'lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa) ma'lumotnomalarni berish davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.
Joriy yilning 7 iyunidan boshlab murojaatchilar mazkur davlat xizmatidan eksterritorial tamoyil asosida o‘zlariga qulay bo‘lgan istalgan Davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda foydalanishlari mumkin.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Markaz xodimi murojaatchi nomidan so‘rovnoma to‘ldiradi va so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;
ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlari;
ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda — vasiyatnoma va marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinadi.
Qarorga ko‘ra, davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Fuqarolardan davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab etilganda yoki tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘yilganda Davlat xizmatlari agentligining 1148 qisqa raqamli Ishonch telefoniga murojaat etishlari so‘raladi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi

18:35 / 18.07.2024
1 avgustdan avtomobil davlat raqamlarini berish tartibi o‘zgaradi

11:16 / 11.07.2024
Bolalarni bog‘chaga joylashtirish soddalashtirildi

10:48 / 11.04.2024