Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:08 / 28.11.2022
8875
2 daqiqa o‘qiladi
Yagona portal orqali nikohga kirish haqida ariza berish tartibi joriy etiladi
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi e’lon qilindi.
Buyruq loyihasi bilan adliya vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.
Loyiha bilan:
- dalolatnoma yozuvlarini eksterritorial tamoyil asosida qayd qilish tartibi joriy etilmoqda;
- alfavit daftarlarini yuritish tartibi bekor qilinmoqda;
- FHDYo organlari ro‘yxatga olish daftarlarini faqat elektron shaklda yuritish tartibi belgilanmoqda;
- FHDYo organlari hisobotlarini faqat elektron tizim orqali olish tartibi belgilanmoqda;
- chet davlat vakolatli organlarida qayd qilingan dalolatnoma yozuvlari (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) haqidagi ma’lumotlarni FHDYo elektron tizimiga kiritish tartibi nazarda tutilmoqda;
- dalolatnoma yozuvlari qayd qilinmagani haqidagi ma’lumotni FHDYo axborot tizimidan tekshirib olib tartibi belgilanmoqda;
- YaIDXP orqali nikohga kirish haqida ariza berish tartibi joriy etilmoqda;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga shtamp qo‘yish tartibi bekor qilinmoqda;
- o‘lim holati kompozit davlat xizmati sifatida qayd etilganda, gerbli guvohnoma rasmiylashtirib berish tartibini nazarda tutilmoqda;
- vafot etgan fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olib qolish tartibi bekor qilinmoqda;
- familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda ichki ishlar organlarini elektron tizim orqali so‘rovnoma yuborish tartibi belgilanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:19 / 28.04.2026
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
10:21 / 30.01.2026
Samarqand yetakchi: 2025 yilda nikohlar soni 267 mingdan oshdi
21:28 / 28.01.2026
O‘zbekistonda nikohdan ajrashish holatlari oshdi
14:25 / 06.01.2026