Qariyalar jon saqlayotgan pana joy va frontda dron ovi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 390-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- XXR rahbari Si Jinping Moskvaga uch kunlik tashrif bilan keldi. Birinchi kun u Vladimir Putin bilan 4,5 soat davom etgan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvning OAV uchun ochiq qismida Xitoy rahbari rossiyaliklar 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Putinning «yaxshi tashabbuslari»ni qo‘llashiga ishonch bildirdi.
- Yevroittifoq Ukrainaga 12 oy ichida million dona artilleriya snaryadlari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel buni «tarixiy qaror» deb atadi.
- «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin mart oyi oxirida — aprel oyi boshlarida Ukraina armiyasi uning yollanma kuchlarini Rossiyaning asosiy kuchlaridan uzib qo‘yish maqsadida «qanotdan kesuvchi zarbalar» berishi haqida aytdi. Prigojin Sergey Shoyguni bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun «barcha zarur choralarni qabul qilish»ga chaqirdi. Shu bilan birga, «Vagner» rahbari uning yollanma jangchilari Baxmut hududining «70 foizga yaqin» qismini nazorat qilayotganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni bu ma’lumotga munosabat bildirmadi.
- Rossiya Tergov qo‘mitasi RF prezidenti Vladimir Putin hamda bolalar ombudsmanini Ukrainadagi bolalarni Rossiyaga zo‘ravonlik bilan deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olishga order bergan Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon va sudyalarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Kun kadri. Orixivdagi boshpana
Baxmut atrofidagi janglar
Ukraina qo‘shini Baxmut mudofaasini davom ettirmoqda. «Dushmanning bunday shiddatli hujumlari sharoitida shaharni bir hafta, ko‘pi bilan ikki haftadan ortiq muddat davomida ushlab turishning imkoni bo‘lishiga hech kim ishonmagandi. Ammo minglab askarlarimiz jasorati va qahramonligi, shuningdek generallarimiz va zobitlarimizning oqilona rahbarligi evaziga Baxmut mudofaasi davom etmoqda va imkoniyatlar hali saqlanib qolmoqda», — deya qayd etdi Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar.
Rossiyaning Baxmut yo‘nalishidagi asosiy kuchi bo‘lib qolayotgan «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin 20 mart kuni uning yollanma jangchilari shahar hududining 70 foiz qismini nazorat qilayotgani va «yurishni to‘liq ozod etishga qadar davom ettirishi»ni ma’lum qildi. Shu bilan birga Prigojin mudofaa vazirligiga yuzlanib, «"Vagner" XHK jangchilari RF armiyasining asosiy kuchlaridan uzib qo‘yilishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni qabul qilish»ni iltimos qildi.
RF mudofaa vazirligi Prigojinga javob qaytarmadi va so‘nggi hisobotida bu yo‘nalishdagi vaziyat haqida to‘xtalmadi. Ukraina tomoni ham «Vagner» rahbarining bayonotidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan.
Xarkiv oblastidagi vayrongarchilik
Konstantinovkada suv tarqatilishi
Konstantinovka Donetskdan taxminan 80 kilometr shimolda joylashgan va Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda. Rossiyaning oblastdagi yurishi davomida Konstantinovka doimiy ravishda RF qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilmoqda — natijada bu shaharda elektr va ichimlik suvi ta’minotida muammolar yuzaga kelgan. Quyida Konstantinovkadan keta olmaganlar hayoti aks etgan suratlar.
Kiyevda havo trevogasi
Front chizig‘idan suratlar
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024