Özbek olimlarining saratonni 99 foizgaça davolaş imkonini beruvçi yangi preparat işlab çiqqani haqidagi intrevyu ÖzAda elon qilingaç, bunga jamoatçilikda e’tirozlar paydo böldi. Özbekiston fanlar akademiyasining izoh berişiça, intervyuda aytilgan Lyutetsiy-177 PSMA-617 radiofarmatsevtik dori vositasi saratonning faqat bir turi, ya’ni asosan katta yoşdagi erkaklarda uçraydigan prostata bezi rakini davolaşda samarali hisoblanadi.

Şu bilan birga, törtinçi va beşinçi dozalarida tananing boşqa qismlaridagi metastazalarga ham terapevtik ta’sir körsatişi kuzatilgan. Akademiya axborot xizmati, intervyu boşqa saytlar tomonidan öta qisqartirilgan holda qayta çop etilgani sabab PSMA töğrisidagi ma’lumot tuşirib qoldirilgan deya izoh bergan.
“Bu bilan aholi örtasida bu dori vositasi barça rak kasalliklarini davolaydi degan tuşunça paydo bölgan”, deyiladi munosabatda.
Şuningdek, ÖzFA ommaviy axborot vositalari vakillaridan yangilik va axborot tarqatişda qaysi manbadan olingani, berilayotgan faktlar töğriligiga alohida e’tibor berişni söragan.












