Ijtimoiy obektlarni isitish tizimi tadbirkorlar boshqaruviga beriladi
Maktab, shifoxona kabi ijtimoiy obektlarni isitish tizimi tadbirkorlarga 10 yilga boshqaruvga beriladigan bo‘ldi. Davlat ularning xizmatlarini sotib oladi. Prezident huzuridagi yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, ayni paytda 15 mingta ijtimoiy soha obektida isitish tizimlari ta’mirtalab. Tarmoqlar modernizatsiyasi uchun zarur mablag‘ning yarmi budjetdan, yarmi xususiy sherik hisobidan ajratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni ijtimoiy soha obektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Rasmiy relizga ko‘ra, bugungi kunda 15 mingta ijtimoiy soha obektida isitish tizimlari ta’mirtalab. Oqibatda ularda issiqlik energiyasining 35 foizi yo‘qotilmoqda, issiqlik harorati me’yorga nisbatan 2 baravar past.
“Shu bois Bo‘ston tumanida isitish tizimini xususiy sheriklik asosida yangilash va boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkazilgan edi. Isitish qozonlari zamonaviylariga almashtirilgan hamda tarmoqlar modernizatsiya qilinib, xususiy boshqaruvga berilgan. Natijada energiya sarfi kamayib, binolar ichidagi harorat ko‘tarilgan. Ayniqsa, o‘tgan qishdagi anomal sovuq davrida ham obektlarda mo‘’tadil harorat saqlab turilgan”, – deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda ushbu tajribani ommalashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.
Unga ko‘ra, isitish tizimi tadbirkorlarga 10 yilga boshqaruvga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi.
Tarmoqlar modernizatsiyasi uchun zarur mablag‘ning yarmi budjetdan, yarmi xususiy sherik hisobidan ajratiladi. Isitish qozonlarini ishlab chiqarishga kerakli butlovchi qismlar 2 yil muddatga bojxona bojidan ozod qilinadi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, tashkiliy va moliyaviy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
“Mutasaddilarga tuman va shaharlardagi ijtimoiy obektlarning isitish tizimlarini xatlovdan o‘tkazib, bosqichma-bosqich yangilash, ularni boshqarishga salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish topshirildi. Binolarda energiya yo‘qotilishini kamaytirish, issiqlikni saqlash choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Investorlar ishtirokida energiya tejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilishda ko‘mir ta’minoti masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda yurtimizda ko‘mir qazib chiqarish 3 million tonnadan 5,4 million tonnaga oshgan. Bu yil esa salkam 6 million tonna qazib olish rejalashtirilgan. Lekin ko‘mirga talab bundan ancha ko‘p.
Shavkat Mirziyoyev istiqbolli konlarni o‘zlashtirishga xususiy sektorni va yangi texnologiyalarni jalb qilish, ko‘mirning sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevralda imzolangan prezident qaroriga asosan, gazni tejash maqsadida 2229 ta bog‘cha, 2432 ta xalq ta’limi va 746 ta tibbiyot muassasasi gazdan ko‘mirga o‘tkazilishi belgilangan. Bundan tashqari, 1147 ta issiqxona hamda sement, g‘isht va ohak ishlab chiqaruvchi 250 ta zavod ham ko‘mirda ishlashga moslashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23
-
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi
Jamiyat | 22:06
Mavzuga oid

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

11:21 / 23.04.2025
UzAuto Motors xususiylashtiriladi. 3,4 milliard dollarga qurilgan GTL zavodi ham

15:02 / 21.04.2025
Energiya samardorligi agentligiga direktor tayinlandi

20:38 / 18.04.2025