Poytaxtimizdagi “Özekspomarkaz” Milliy körgazmalar majmuasida  ilk bor “UzCharmExpo-ShoesStar-Eurasia- 2023” çarm, poyabzal, attorlik, möyna, jun, qoraköl va mahaliylaştirilgan mahsulotlar körgazmasi öz işini boşladi. “Özçarmsanoat” uyuşmasi hamda “ShoesStar” xalqaro taşkiloti bilan hamkorlikda taşkil etilgan sanoat anjumani Markaziy Osiyodagi eng yirik körgazmalardan biri sanaladi. Forum Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi kömagida taşkil etildi.

Bu galgi ekspozitsiya geografiyasidan Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Portugaliya, Misr, Turkiya, Vengriya, Polşa, Latviya, Xitoy, Janubiy Afrika va boşqa davlatlari örin oldi. Anjumanning faxriy mehmonlari orasida Xalqaro çarm işlab çiqaruvçilar kengaşi, Xalqaro möyna federatsiyasi, Yevropa Ittifoqining çarm va liboslar dizaynerlari milliy assotsiatsiyalari konfederatsiyasi (Cotance), Janubiy Afrika poyabzal işlab çiqaruvçilar uyuşmasi, çarm, poyabzal va möyna mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar milliy uyuşmalari, kengaşlari bor. Şuningdek, bir qator mamlakatlarning möyna va poyabzal işlab çiqaruvçilari körgazma iştirokçilaridir.

Navbatdagi 14-körgazmada 1000 dan ortiq mahalliy va 100 ga yaqin xorijiy kompaniyalar öz stendlari bilan iştirok etmoqda. Bu yilgi körgazmaga taşrif buyuriş maqsadida 5000 ga yaqin mahalliy va xorijiy kompaniya vakillari va iştirokçilar röyxatdan ötdi. Körgazma nafaqat Özbekistonning barça hududlari va Yevrosiyo qit’asining işlab çiqariş salohiyati bilan taniştiradi, balki soha mutaxassislari uçun jahon bozorida raqobatbardoş sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişning zamonaviy tendensiyalari va yönalişlari, texnologiyalari hamda imkoniyatlarini muhokama qiliş, şuningdek, yangi investitsiyalarni jalb etiş, innovatsion ğoyalarni tatbiq etiş, eksport salohiyatini oşiriş uçun keng muloqot maydoniga aylandi.

14-xalqaro körgazma dasturi voqealarga boydir. “Taşqi bozorda çarm-poyabzal mahsulotlarini muvaffaqiyatli sotiş imkoniyati: Davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, berilayotgan imtiyozlar, bojxona, logistika, milliy bozor tamoyillariga oid masalalar” mavzusidagi xalqaro davra suhbati, “Çarm-poyabzal bozori holati va uning rivojlaniş istiqbollari” mavzusidagi yalpi majlis, Yoş dizaynerlar va mamlakatimiz korxonalari modelerlarining moda namoyişi, çarm, poyabzal, savdo va marketing sohalaridagi xalqaro ekspertlar iştirokidagi seminarlar va boşqalar şular jumlasidan.

Şuningdek, körgazma doirasida turli davlatlar, ayniqsa Yevropa mamlakatlari bilan mahsulotlarni yetkazib berişni oşiriş, xalqaro sifat sertifikatlarini joriy etiş va kadrlar tayyorlaş, eksport şartnomalari, yangi investitsion loyihalarni amalga oşiriş, yönalişlarida hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.

Reklama huquqi asosida