Isroil Ğazo sektori va janubiy Livanga havo hujumlari uyuştirib, bu uşbu yönalişdan Isroil hududiga bir neça önlab raketalar otilganidan söng HAMAS harakati nişonlariga qaratilganini körsatdi. Bu haqda 7 aprel, juma kuni Isroil mudofaa kuçlari (TsAXAL) xabar berdi. Zarbalar mahalliy vaqt bilan soat 04:30 (Toşkent vaqti bilan 06:30)da berilgan. 

AFP xabariga köra, Livan janubidagi Tir şahri yaqinida, şuningdek, Ğazo sektorida portlaşlar eşitilgan. Livan xavfsizlik manbasining dpa axborot agentligiga aytişiça, Isroil samolyotlari Tir hududidagi falastinlik qoçqinlar lageri çetidagi qişloq xöjaligi dalasiga zarba berganidan keyin kamida uçta portlaş sodir bölgan. 

Bayonotda aytilişiça, Isroil mudofaa kuçlari «HAMAS» terrorçilik taşkilotining Livandan harakatlanişiga ruxsat bermaydi va bu davlatni öz hududidan raketalar otilişi uçun javobgar deb hisoblaydi». 

BMTning UNIFIL tinçlikparvar missiyasi Isroil va Livan havo hujumlaridan keyin uruşni xohlamasligini ma’lum qildi. «Ikkala tomon ham uruşni xohlamasligini aytdi», deb ta’kidladi UNIFIL. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining tinçlikparvar missiyasi ikkala davlat bilan aloqada ekanini bildirgan va barça iştirokçilarni hujumlarni töxtatişga çaqirgan. «Bir kun oldin sodir bölgan voqea xavfli va jiddiy eskalatsiyaga olib kelişi mumkin», - deya ogohlantirdi missiya. 

6 aprel kuni Isroil şimoli Livan hududidan turib raketa orqali öqqa tutildi. Ğarbiy Jalileda havo trevogasi e’lon qilingan.

Isroillik harbiylarga köra, mamlakat hududiga 30 ta raketa uçirilgan. Yediot News xabariga köra, şundan beş raketa nişonga kelib tekkan. Raketalarning aksar qismi «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi orqali tutib qolingan.