Rossiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar Aleksandr Kerjakov 2022 yil kuzida mamlakatni tark etişga qaror qildi. Sobiq futbolçi va ayni damda murabbiy hisoblangan Kerjakov bu haqda rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan bilan intervyuda aytib ötgan.

Futbolçi ayni damda oilasi bilan Dubayda yaşamoqda. Kerjakov buni emigratsiya deb ataşlarini istamay, şunçaki Rossiyadan boşqa joyda bölişni istaganini aytdi.

«Bu kelişimni qoçiş, köçib ketiş demagan bölardim, şunçaki biroz muddat uzoqroqqa ketgim keldi. Çunki har kuni [uruş haqida] öqiysan, hammasini körasan va bölayotgan voqealar dahşatini his qilasan. Men uçun bularni qabul qiliş juda oğir böldi, xotinimga ham. Şu bois ketişga qaror qildik», deb Dubayda yaşaş qarorini izohlagan Kerjakov.

Jurnalist Kerjakovdan Rossiyada uni aynan nima qanoatlantirmayotgani haqida söragan: «Xuddi [uruş] heç narsaga ta’sir qilmaganday gapiriş juda qiyin. Köpçilik esa heç nima bölmaganday gapiradi, bu Rossiyadagi eng katta muammo. Töğrisi, men qörqyapman, juda qörqyapman. Qaçondir bunaqa bölişini tasavvur qilmagandim.

Intervyularimni titib körişing mumkin, doim eng katta niyatlarimdan biri uruş bölmasligi ekanini aytganman. Nafaqat bizda, butun dunyoda ham uruş bölişini istamayman. Axir qanday qilib hozirgi kabi zamonaviy rivojlangan dunyoda bunaqa bölişi mumkin.

Nima bölayotgani haqida özimga savol berib nimalar bilandir ularni izohlaşga harakat qilaman, ammo baribir bölmaydi, javob topa olmayman. Oçiği menda öxşamayapti», degan futbolçi.

«Hamma gap bir mavzuga taqalaveradi»

Rossiya futbolining nomdor vakili suhbat davomida yaqinda Kiprda rossiyalik reper Oksimironning konsertiga tuşgani va dasturdan keyin u bilan asosan uruş haqida gaplaşganini aytib bergan.

«Hozirgi kunda nima haqida gapiriş mumkin? Öylab qolaman-da, qanday la’nati davr kelib qoldi deyman. Odamlar gaplaşganda va hatto tanişganda faqat bitta narsa haqida (uruş nazarda tutilmoqda – tarj.) gaplaşişga odatlanib qolişdi. Tasavvur qilyapsanmi, kimnidir ançadan beri körmagansan, kim bilandir esa tanişmoqçisan, boşida u yoq bu yoqdan gaplaşasan, lekin oxir-oqibat hammasi öşa bitta mavzuga borib taqalaveradi».

Arustamyan futbolçidan bunday holatda nima qiliş mumkinligi haqida söragan: «Heç nima, sen nima qila olasan, masalan? Sen öz pozitsiyangdasan, öz imkoniyatingdan kelib çiqib harakat qila olasan. Sen hamma narsani özgartira olmaysan. Faqat atrofingdagi narsalarni özgartirişing mumkin. Agar xohlasang, marhamat, özgartir.

Atrofingda gaping qovuşadigan odamlar bölişiga harakat qil. Kimningdir fikrini endi özgartira olmaysan, çunki juda köp vaqt ötib ketdi. Işon, özgartira olmaysan. Şunça vaqt ötib ham odamlarning fikri özgarmadimi, demak bu ularning pozitsiyasi.

Oksimiron bilan gaplaşganimda ham u şunday dedi: kimdir jon-jahdi bilan qarşi, kimdir esa qöllaydi, bunaqa vaqtda nima haqida gapiriş mumkin? Eng katta muammo esa odamlarning şaroitga moslaşib ketişi», degan murabbiy.

Aleksandr Kerjakov 30 ta gol bilan Rossiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar hisoblanadi. Şuningdek, «Zenit» tarixidagi eng yaxşi töpurar futbolçi ham aynan Kerjakov (161 ta gol). Professional faoliyati davomida 233 ta gol urgan hujumçi «Zenit»dan taşqari Moskvaning «Dinamo» hamda Ispaniyaning «Sevilya» jamoalarida ham öynagan.

Futbolçilik faoliyatini yakunlagaç, Kerjakov Rossiya yoşlar jamoasi, «Tom» hamda özbekistonlik Ibrohimxalil Yöldoşev harakat qilayotgan «Nijniy Novgorod» jamoalarida murabbiy bölib işlagan.

Rossiyada aksar futbolçilar uruş boşlanganidan buyon intervyu berişdan tiyilib kelmoqda. Suhbatlarga borayotganlar ham uruş haqidagi savollardan qoçişmoqda. Ötgan yili «Zenit»ning boşqa bir sobiq futbolçisi Igor Denisov uruşga qarşi ekanini aytib çiqqandi. Rossiya milliy jamoasi hujumçisi Artyom Dzyuba esa avvaliga uruşni qoralagandi, lekin yaqinda, Turkiya çempionatidan Rossiyaga qaytgaç, Vladimir Putinning harakatlarini töliq qöllaşini aytdi.