«Rossiya çempionatining eng yaxşi hujumçilari qatoriga özimga yoqadigan Komliçenkoni qöşişim mumkin, ammo uçtalikka emas. Komliçenkoning çempionatda hali özini har tomonlama körsatişga vaqti bor. Uni hozirça 4-öringa qöyaman. Dastlabki uçligimga esa Aleksandr Kokorin, Artyom Dzyuba va Eldor Şomurodovni kiritaman.

Şomurodov ayniqsa hujumni yakunlaşda juda yaxşi harakat qiladi. U xuddi «Liverpul»dagi Firminoning maydondagi vazifasini bajaradi. «Rostov» forvardi maydon markaziga kelib, şeriklariga qoçiş uçun böş hudud yaratadi. Qolaversa u yakkama-yakka vaziyatlarda ham yaxşi öynaydi», deydi «Zenit», «Sevilya» va «Tottenhem»da öynagan sobiq hujumçi.

Ma'lumot uçun, Eldor Şomurodov Rossiya çempionatining joriy yilgi mavsumida 11ta gol bilan töpurarlik poygasida Artyom Dzyubadan (13 ta gol) keyin ikkinçi bölib turibdi.