“Mintaqaviy hamkorlik bilan boğliq eng dolzarb masalalar böyiça bizning qaraşlarimiz haqida alohida töxtalib ötmoqçiman.

Eng avvalo, bu – mamlakatlarimiz va butun mintaqaning barqaror rivojlanişi uçun zarur şaroitlarni şakllantirişdan iborat. Bu masalada biz aholi turmuş darajasini oşiriş va kambağallikka qarşi samarali kuraşişga ustuvor ahamiyat beramiz.

Şu borada tegişli milliy dasturlarni amalga oşirişda Xitoyning ilğor tajribasidan faol foydalangan holda, faqatgina sönggi bir yilda bir milliondan ortiq fuqarolarimizni ehtiyojmandlar toifasidan çiqarişga erişdik.

Biz keça muhtaram Xitoy Xalq Respublikasining Raisi bilan Global taraqqiyot taşabbuslarining boş maqsadiga erişiş uçun birgalikdagi işlarimizni davom ettirişga kelişib oldik.

Işonçim komil, aholi hayot darajasini oşiriş va hududlarni, eng avvalo, qişloq tumanlarini rivojlantiriş böyiça aniq vazifalar belgilangan qöşma dasturni qabul qiliş va amalga oşiriş xalqlarimiz tomonidan qöllab-quvvatlanadi hamda bu 2030 yilgaça bölgan Kun tartibidagi maqsadlarga erişiş yölida umumiy hissamiz böladi.

Biz yangi iqtisodiy muloqotni şakllantiriş va mamlakatlarimiz özaro boğliqligini kuçaytiriş tarafdorimiz”, dedi prezident.

Ta’kidlanişiça, mintaqa mamlakatlari tomonidan 2030 yilgaça Xitoy bilan tovar aylanmasi hajmini ikki barobar oşirişga bemalol erişiş mumkin. Bunga birinçi navbatda sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini özaro yetkazib berişning mutanosib ösişi, samarali savdo-logistika infratuzilmalari va zamonaviy ulgurji-taqsimlaş tarmoqlarini şakllantiriş, “yaşil” va ekspress-yölaklar tizimini joriy etiş, elektron tijoratning umumiy platformasini yaratiş hisobidan erişiladi.

“Mamlakatlarimizda eksport va import körgazmalari, biznes va investitsiya forumlarini har yili ötkazib boriş, Markaziy Osiyo va Xitoy Işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş muhimligini ta’kidlaymiz.

Qulay şart-şaroitlar va zaruriy huquqiy bazani şakllantiriş uçun Özaro savdoga kömaklaşiş va investitsiyalarni rağbatlantiriş töğrisida köp tomonlama bitimni qabul qiliş imkoniyatini körib çiqişni taklif etamiz.

Sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştiriş, raqamli texnologiyalarni jalb etiş va innovatsiyalarni, ayniqsa, qişloq xöjaligiga keng joriy etiş masalalari Xitoyning provinsiyalari bilan töğridan töğri hududlararo muloqotlar doirasida samarali hal etilişi mumkin.

Amaliy hamkorlikni yölga qöyiş, birodarlik va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş uçun bu yil Özbekistonda mamlakatlarimiz şaharlari va mintaqalarining forumi va körgazmasini ötkazişni taklif etaman”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinişiça, xavfsiz, qisqa va qulay transport koridorlarini rivojlantiriş strategik ahamiyatga ega. Ular Xitoyni mintaqa bilan boğlab, Yevropa, Yaqin Şarq va Janubiy Osiyo bozorlariga çiqiş imkoniyatini beradi.

Trans-Yevrosiyo magistrali Buyuk ipak yölini tiklaş böyiça ustuvor loyiha hisoblanadi. Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston avtomobil va temiryöli uşbu magistralning muhim tarkibiy böğinidir. Xitoy va Qirğiziston bilan birgalikda bu borada amaliy işlar bosqiçiga ötilmoqda.

Istiqbolda uşbu loyihaning amalga oşirilişi va Transafğon koridorining qurilişi “Bir makon va bir yöl” taşabbusi doirasida Xitoyni Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan muqobil yöllar orqali boğlaş imkonini beradi.

“Şuningdek, transport kommunikatsiyalarini rivojlantiriş böyiça milliy dasturlarning uyğunligini ta’minlaş va şu asosda uzoq muddatga möljallangan yagona strategiyani işlab çiqişni birinçi galdagi vazifa, deb hisoblaymiz.

Iqlim özgarişi va “yaşil energetika” böyiça hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratişni taklif etaman.

Afsuski, Markaziy Osiyodagi energetika infratuzilmalarini rivojlantiriş sur’atlari sanoatlaşiş va urbanizatsiya jarayonlaridan, şuningdek, aholi ösişidan ortda qolmoqda. Bu esa mamlakatlarimizning uzoq muddatli barqaror taraqqiyoti uçun çindan ham jiddiy tahdiddir.

Xitoyning quyoş, şamol va gidro-energetika, şuningdek, loyihalarni qöllab-quvvatlaşning moliyaviy vositalari sohasida texnologik jihatdan yetakçi ekanini hisobga olib, muqobil energetika böyiça yaqin ilmiy-amaliy şeriklikni kengaytiriş zarur, deb hisoblaymiz.

Orolböyidagi ekologik muammolarni hal etiş, bioxilma-xillikni himoya qiliş, muzliklar va tuproq hosildorligini saqlaş, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etişda ham samarali hamkorlikka tayyormiz”, dedi Özbekiston rahbari.