Kun.uz’ning Geosiyosat körsatuvida mazkur mavzu yuzasidan siyosatşunoslar Şerzod Ziyoyev hamda Habibullo Azimovlar bilan suhbatlaşamiz.

— Isroil-Falastin ziddiyatining asosiy ildizlari qanday?

Habibullo Azimov: Isroil va Falastin örtasidagi hududlar böyiça mojarolar yarim asrdan beri ziddiyatli masala hisoblanadi. Falastin hududida 1948 yilda Isroilning taşkil etilişi sabablariga töxtaladigan bölsak, yahudiy qavmiga xristian markazi bölgan Yevropa tomonidan nihoyatda köp aziyat yetkazilgan, masalan, yahudiylar 9-asrda Britaniyadan, 13-asrda Bavariyadan, şuningdek, 15-asrda Ispaniya va Portugaliyadan quvib çiqarildi. Ikkinçi jahon uruşi davrida Gitler tomonidan yahudiylarga nisbatan qöllangan genotsid dunyo hamjamiyatini ular uçun mustaqil davlat tuziş taklifini örtaga taşlaşlariga sabab böldi. Isroilning aynan Falastin hududida taşkil etilişi mansublik bilan boğliq. 1945 yilda 3 ta mintaqada Isroil davlatini taşkil qiliş varianti bor edi, bular Argentina, Afrika va Falastin hududlari bölgan va yahudiylarning ilk davlatçiligi hamda ibodatxonalari aynan Falastin hududida taşkil topgani uçun şu hudud tanlangan. Yahudiylar ilk bor qadimgi Ossuriya qiroli tomonidan quvğin qilingan. Şundan keyin, Bobil va Rim davlatlari tomonidan ham boşqa hududlarga majburiy köçirilgan.

— Xitoyning Isroil-Falastin mojarosida vositaçiligi har ikki tomon uçun maqbulmi?

Şerzod Ziyoyev: Isroil-Falastin mojarosi diniy, ijtimoiy-siyosiy va geosiyosiy ölçamlarga ega. Ğarb davlatlarining ayrim xatolari Yaqin Şarq davlatlarida özlikni anglaş va siyosiy integratsiya jarayonlarini kuçaytirdi. Hozirda Saudiya-Eron munosabatlari ijobiy tomonga özgardi, Suriya inqirozi ham deyarli tugadi va şu voqealar fonida Xitoyning Isroil-Falastin mojarosiga aralaşuvi qisman ijobiy natija berişi mumkin. Xitoy bir mazkur mojaroni hal qiliş borasida bir qança takliflar bergan, jumladan, öt oçişni töxtatiş, Ğazo sektoriga gumanitar yordamni kuçaytiriş, vaziyatni BMT xavfsizlik kengaşi tomonidan nazorat qilinişi va muammoga an’anaviy yeçim taklif qiliş. Menimça, AQŞ zaiflaşgani tufayli Isroilni oldingidek qöllab-quvvatlay olmaydi, çunki Ukraina masalasi ham ular uçun katta muammoga aylangan. Xitoy mojaroga yaxşi yeçim taklif qilgan, umuman olganda, Donald Tramp davrida poytaxtning tanlanişi aslida ijobiy yuriş bölgan, biroq bu oxiriga yetmagan, çunki bu Falastin uçun ijobiy holat emasdi.

Habibullo Azimov: I jahon uruşidan keyin Falastin hududlari Britaniya mandati ostida rivojlandi. Öşa paytlarda Yevropada yaşovçi yahudiylarning özlarining tarixiy vatani deb etirof etadigan hududlarga qaytiş jarayoni boşlangan edi. Şuningdek, BMTda arablar uçun mustaqil Falastin davlatini tuziş va muqaddas Quddusga status beriş masalasi ham kun tartibida bölgan. Biroq hududlar Isroil nazoratiga ötib ketdi, 1967 yilda arablar va yahudiylar örtasida keçgan uruşda arablar şarmandali mağlubiyatga uçradi hamda Isroil Şarqiy Quddus, Sinay yarimoroli va Jölon tepaliklarini egalladi. 1973 yilda esa arab koalitsiyasi çindan katta kuçga aylangan edi, biroq Misrning Sinay yarimorolining qaytarilişi evaziga ittifoqni tark etişi yana arablarning muvaffaqiyatsizligini ta’minladi.

Şerzod Ziyoyev: 1995 yilda ular kelişuvga erişişlari mumkin edi, hatto bunga ilk qadamlar ham taşlangan, biroq isroilliklarda içki böliniş yuzaga kelgan va kelişuvga erişmoqçi bölgan rahnamo öldirilgan. Şuningdek, kelişuvning amalga oşmaganining yana bir sababi arab dunyosida ham gesiyosiy bölinişlar mavjud bölganidir.

Habibullo Azimov: Isroilliklar yahudiy bölişiga qaramay, ularda etnik bölinişlar mavjud, uzoq yillar davomida turli hududlarda yaşagan yahudiylar turliça mansubliklarga ega. Oslo kelişuvi jarayonlarida Isoq Rabin bilan Yosir Arofat kelişuvga erişişlari mumkin bölgan, biroq Isoq Rabin radikal yahudiy tomonidan otib öldirilgan.

— Xitoyning Yaqin Şarqdagi geostrategiyasida mojaroning hal etişi nimani anglatadi?

Habibullo Azimov: Xitoy hozirda Yaqin Şarq mintaqasidagi özaro mojaroga ega davlatlarni yaraştiruvçi mamlakat rolini öynayapti. Albatta, Xitoy bu işlardan öziga kerakli bölgan iqtisodiy va energetik resurslarga ega çiqqan holda özining iqtisodiy va geosiyosiy maqsadlarini amalga oşirişni közlagan. Şuning uçun, Xitoy Isroil-Falastin muammosini hal etilişidan nihoyatda manfaatdor.

— Xitoyning Yaqin Şarqdagi navbatdagi brokerligi AQŞga alternativmi, farqli yondaşuv bölişi mumkinmi?

Şerzod Ziyoyev: Xitoy taşqi siyosatida Yaqin Şarq katta ahamiyatga ega. Arab davlatlari AQŞ bilan teng huquqli moliyaviy şartnomalarga ega bölişi mumkin, biroq siyosiy masalalarda Xitoyning ovozi balandroq çiqyapti. AQŞda yuz berayotgan iqtisodiy inqiroz, Ukraina mojarosi, Rossiyaning nisbatan zaiflaşişi hamda Turkiyaning öz muammolariga kömilib qolişi Xitoyning imkoniyatlarini oşirdi. Mazkur mojaroning e’tibordan çetda qolişi uning kattalaşişiga olib keldi. Hozirda Isroil amalga oşirgan harakatlar xalqaro jinoyat sifatida e’tirof etilişi va uning dunyo hamjamiyatidagi nufuziga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Şuningdek, Xitoy vaziyatdan unumli foydalanişi ham mumkin.

Habibullo Azimov: Aslida, Xitoy boşqa mamlakatlarning içki işlariga aralaşmaydi, Isroil-Falastin mojarosiga esa şunçaki ularni yaraştiruvçi vositaçi böliş uçun aralaşdi. Yaqin Şarq AQŞ uçun nihoyatda muhim mintaqa. Uning hududdagi asosiy vazifasi Isroil xavfsizligini ta’minlaş va Xitoyning mojaroga aralaşuvi AQŞning öyindan çiqqanini anglatmaydi. Donald Tramp Falastin uçun "Asr rejasi" dasturini işlab çiqqan edi, biroq uni amalga oşiriş uçun vaqt yetmadi. Falastin ozodlik taşkilotidan farqli ölaroq Ğazo setoridagi "Xamas" bu dasturni rad etgan. Unga köra, Falastinda mudofaa kuçlari bölmaydi va ularni isroilliklar qöriqlaydi. Şuningdek, loyiha Falastinni rivojlantiriş uçun yönaltirilgan katta miqdordagi moliyaviy paketlarni ham öz içiga olardi.

— Agar bu loyiha amalga oşganida "Xamas"ning taqdiri qanday keçardi va falastinliklarning huquqlari qanday ta’minlanar edi?

Şerzod Ziyoyev: "Xamas" hamma tomonidan ham ekstremistik taşkilot sifatida tan olinmagan, uni qöllab-quvvatlaydigan davlatlar ham mavjud. "Xamas" saqlanib qolişi uçun u demokratik talablarga javob berişi kerak, umuman olganda, ozodlik harakatlarini qöllab-quvvatlaş, ozodlikka intiliş Versal şartnomasi ilovasida va inson huquqlari deklaratsiyasida oqlangan, biroq uning harakatni amalga oşiriş mexanizmi salbiy baholanişi mumkin.

— Mazkur loyihaga Isroilning munosabati qanday bölgan?

Habibullo Azimov: Dastur avvalo Isroilning suverenitetini mustahkamlagan bölardi, ya’ni falastinliklar qurollarini topşirgan bölardi va yengil qurollangan xalq politsiyasi bilan kifoyalanardi. Bu dastur Isroilning qöşni davlatlar bilan munosabatlarini yaxşilaşiga imkoniyat bergan bölardi, çunki u mintaqada yakkalanib qolişni istamaydi. Muqaddas hududlar masalasida esa umumiylik mavjud, ya’ni u yerdagi muqaddas joylar tarixan olib qaraganda, barça uçun umumiy muqaddas hududlar hisoblanadi. Ularni tomonlarga bölib berişning imkoni mavjud emas.

— Isroil-Falastin tinçlik sulhi da muhim nuqtalar nima, mojaroni muzlatiş imkoni bormi?

Şerzod Ziyoyev: Donald Tramp ularga taşqi siyosatda noharbiy vositalardan foydalanişni taklif qilgan edi. Masalan, u prezidentlikka qayta saylansa, Ukraina mojarosini qisqa muddatda hal qilişini aytyapti va ba’zilar bunga işonyapti. Suverenitet nafaqat tan olinişni, balki amaliyotni ham anglatadi. Özbekiston Isroil bilan ham, Falastin bilan ham teng aloqalarni örnata olgan. Xalqaro darajada tan oliniş masalasi xavfsizlik, demokratik institutlar faoliyati va boşqa talablar bilan boğliq.

Habibullo Azimov: Xitoy va Donald Tramp bergan takliflarni soliştirsak, Xitoyning taklifi falastinliklar uçun foydaliroq va şuning uçun ham bu taklifni isroilliklar qabul qilişi masalasi köndalang turibdi. Tramp loyihasiga köra, Falastin ma’lum bir harakatlari çeklangan muxtor viloyat sifatida qolişi mumkin edi.

Şerzod Ziyoyev: Xitoy içki siyosiy masallarni kötarmasligi mumkin, lekin buning gumanitar tomoni bor, halqaro gumanitar vaziyatning yomonlaşuvi ham hisobga olinişi kerak. Mazkur masala xalqaro miqyosda muhokama qilinsa va Ğazo sektoriga gumanitar yordam kuçaytirilsa, ança yaxşi bölardi. Hozirda hatto Jo Bayden ham kelişuvga erişilişiga qarşilik bildirayotgani yöq biroq buni senat va boşqalar qöllab-quvvatlaşi kerak. Siyosiy rejim masalalari keyin ham muhokama qilinsa, böladi, eng asosiy mumammo sluh tuzilişi. Şuningdek, masalaning huquqiy tomonlarini ham muhokama qiliş kerak, lekin hali bu haqda heç kim öylamayapti.

  • Töliq intervyuni videoşaklida tomoşa qiling.

Normuhammad Ali suhbatlaşdi.