Joriy yilning 21 iyun kuni Toşkent metropolitenining "Alişer Navoiy" bekatiga harakatlanib kelayotgan 42-sonli harakat tarkibi taşqi elektr energiyadagi uziliş sababli töxtab qoldi. 

Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabariga köra, belgilangan yöriqnomaga asosan zudlik bilan körilgan çora-tadbirlar natijasida uşbu harakat tarkibi 5 daqiqadan söng harakatini davom ettirgan.

Hozirgi vaqtda barça poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda, deyiladi rasmiy axborotda.