Jahon | 15:09 / 04.07.2023
14778
5 daqiqa o‘qiladi

Sumida zarbaga uchragan uy va Baxmut atrofidagi janglar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 495-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Bizga yordamingiz kerak. Tez orada frontdagi navbatdagi g‘alabalarimizni ko‘rasiz». Prigojin Belarusga «ketganidan» keyin birinchi marta audiomurojaat qildi.
  • «Provokatsiya qo‘shinlar guruhlari harakatlariga ta’sir qilmadi». Shoygu ilk bor Prigojinning qurolli isyoni haqida fikr bildirdi.
  • Haagada Rossiyaning Ukrainadagi jinoyatlarini tergov qiluvchi xalqaro markaz ochildi. Bu maxsus tribunal yaratish yo‘lidagi birinchi qadam ekani aytilmoqda. 
  • Latviya rossiyaliklarga cheklangan viza berishni qayta tikladi. Viza berish Prigojin isyonidan keyin to‘liq to‘xtatib qo‘yilgandi.
  • Rossiyaliklar droni Sumidagi besh qavatli uyga zarba berdi. Ikki kishi halok bo‘lgan.
  • Ukraina mudofaa vazirligi mamlakat qurolli kuchlari bir hafta ichida 37 kvadrat kilometr hududni ozod etgani haqida xabar berdi.
  • FT: Yevroittifoq Rossiya g‘alla kelishuvini uzaytirishi uchun «Rosselxozbank»ning shu’ba kompaniyasini SWIFT’ga ulashi mumkin.
  • Ukrainalik yozuvchi Viktoriya Amelina vafot etdi. U Kramatorskka raketa zarbasi oqibatida og‘ir jarohatlangandi.

Kun kadri. Otishma ostidagi ukrain askarlari

Zaporijjya oblastida rossiyaliklar tanki zarbasi vaqtida boshpanada jon saqlayotgan ukrain askarlari
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Kunning asosiy voqeasi. Sumi bo‘ylab zarba

3 iyul kuni Ukraina shimoli-sharqidagi Sumi shahriga rossiyaliklarning to‘rtta Shahed-136 droni bilan hujum qilindi — natijada ikki kishi halok bo‘lib, yana 19 kishi yaralangan. Sumi oblasti harbiy ma’muriyati shu kuni kechqurun yaralanganlarning to‘rt nafari hamon shifoxonada qolayotgani, ulardan ikkisi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga joylashtirilganini ma’lum qildi. Jabrlanganlardan biri — besh yoshli bolakay.

Shahar o‘qqa tutilishi yuzasidan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga butun mamlakat osmonini himoya qilish uchun sifatli havo hujumidan mudofaa tizimlari yetishmayapti: «Dushman bundan foydalanmoqda, xuddi bugun bo‘lgani kabi — eronliklar dronlari bilan Sumi shahriga navbatdagi terrorchilik zarbasi amalga oshirildi, xususan turar joylarga, shuningdek Ukraina xavfsizlik xizmati binosiga». Zelenskiy qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan, shuningdek mamlakat hukumati Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarini kuchaytirish uchun «imkon doirasidagi va undan tashqaridagi barcha ishni qilishi»ni aytgan.

Sumida Shahed-136 droni kelib urilgan besh qavatli uy
DSNS Ukrainy / Reuters / Scanpix / LETA
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya hujumi oqibatida shikastlangan ko‘p qavatli uyda yashovchilar
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Zaporijjya oblastida Kushugum posyolkasida yashovchilar vayron bo‘lgan uy hovlisida. Tungi zarbalar vaqtida bu yerga rossiyaliklar snaryadi kelib tushib, ulkan o‘ra hosil qilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Dmytro Smoliyenko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi janglar 

Donetsk oblasti Baxmut shahri atrofidagi front chizig‘ida ko‘tarilgan tutun
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 3-shturm brigadasi harbiy xizmatchisi rossiyaliklarning oldingi chiziqdagi pozitsiyalarini minomyotdan o‘qqa tutmoqda
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 3-shturm brigadasining Skarlett va Cherkes laqabli harbiy xizmatchilari Baxmut atrofidagi pozitsiya bo‘ylab harakatlanmoqda.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 3-desant-shturm brigadasi harbiysi amerikaliklar yetkazib bergan jangovar mashinadan tushib kelmoqda.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Xarkiv aholisi uchun raqs terapiya 

Xarkiv oblastining Izyum shahrida o‘smirlar va katta yoshli kishilar Ukrainaning «Patriot» xayriya tashkiloti o‘tkazayotgan raqs terapiyasi seansida. Bu odamlar urush tufayli ruhiy jarohat olgan.
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid