Röyxatdan ötiş uçun bir kun muddat
Turkiyada dunyodagi kam sonli davlatlar qatorida telefon mamlakat hududida işlaşi uçun uni IMEI kod orqali röyxatdan ötkaziş talab qilinadi. Ya’ni Turkiyaga xorijdan olib kirilgan telefonga mahalliy simkarta qöyilganidan boşlab 120 kun içida qurilma IMEI kod olib röyxatdan ötmasa, bloklanadi. Bunday kod oliş narxi ham arzon emas – 235 AQŞ dollari. Mana şu tarif 8 iyuldan boşlab birdaniga 220 foizga oşib, 20 ming lira, ya’ni 767 dollarga yetdi. Qiziği, bu haqda 6 iyul kuni çiqarilgan qaror OAVda 7 iyul kuni e’lon qilindi. Turkiyaliklarga xorijdan sotib olingan telefonni IMEI orqali röyxatdan ötkaziş uçun bir kundan kamroq vaqt berildi.
Nega qöşni davlatlarga borişdi?
7 iyul kuni turkiyaliklar qöşni Gurjiston, Bolgariya va Gretsiya çegarasini yoppasiga kesib ötayotgani, çegara punktlarida uzundan uzun navbatlar paydo bölayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Gap şundaki, oxirgi yillarda lira kursi mö’tadil emasligi, mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş va kontrabandaning oldini olişni közlab joriy qilingan turli qöşimça tölovlar sabab Turkiyada mamlakatda işlab çiqarilmagan smartfonlar narxi juda qimmat.
Turli manbalarga köra, dunyodagi eng qimmat iPhone 14 Pro smartfoni aynan Turkiyada sotiladi. 128 GB xotiraga ega bunday gadjetni Turkiyada 2200 dollargaça sotişgan. iPhone narxi böyiça uzoq vaqt dunyoda eng qimmatçi davlat bölgan Braziliyada esa bunday smartfon 1850 dollar atrofida sotilgan. Taqqoslaş uçun, AQŞda iPhone 14 Pro narxi 999 dollardan boşlangan va hozirda yanada arzon. iPhone 14 smartfonining AQŞda 829 dollar turgan oddiy markasi Turkiyada 1700 dollargaça pullangan. Keyinçalik narx 1500 dollargaça tuşib borgan, ammo öşanda ham Turkiyadagi iPhone dunyoda eng qimmati bölib qolavergan.

Ot bilan iPhone oliş tomon
Qöşni davlatlarda, masalan, Gurjistonda iPhone'ni Turkiyadagidan ikki baravar arzonga sotib oliş mumkin. Gurjistonga yaqin şaharlardagi turklar şu sabab 7 iyul kuni öz maşinasida qöşni davlatga ötib smartfon sotib olişga şoşildi, ayniqsa iPhone. Çunki bir kun keç qolişsa, ular smartfonni röyxatdan ötkaziş uçun qöşimça 500 dollar tölaşi kerak bölardi.
7 iyul kuni Batumidagi telefon sotadigan dökonlar turkiyalik xaridorlar soni köpaygani sabab bir oylik savdosini qilib olgani haqida xabar bergan. Turkiyaliklar çegarani yoppasiga maşinada kesib öta boşlagaç, postlarda bir neça km navbatlar yuzaga keldi. Tirbandlikdan qoçiş maqsadida odamlar Gurjiston çegarasini piyoda, velosipedda va hatto otda kesib ötişgan.

Nega Turkiyada telefon qimmat?
Rajab Toyyib Erdöğan olib borayotgan iqtisodiyotdagi qöl boşqaruvi siyosati mamlakatda inflatsiya 20 yilda ilk marta 80 foizga yetişiga olib keldi. Oqibatda hamma narsaning narxi kötarildi, ayniqsa çetdan olib kelingan mahsulotlarning. Turkiyaning özida smartfon işlab çiqarilişiga qaramay, mamlakatda iPhone'ga bölgan talab oşgandan oşib bordi.
Lira kursi öynayvergani sabab 2021 yil Apple bir muddat Turkiyada öz smartfonlari savdosini töxtatgandi. Öşanda lira kursi bir neça soat içida dollarga nisbatan 15 foizga qadrsizlangan, savdolar tiklanişi bilan Apple öz mahsulotlari narxini 25 foizga oşirişga majbur bölgandi. AppStore uçun tölov narxlari ham kurs sabab oşib ketadi.
2022 yil dekabr oyida ham Turkiyadan Gurjistonga juda köpçilik iPhone sotib oliş uçun ötgan. Gurjiston içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, ötgan yil dekabr oyining özida mamlakatga 220 ming turkiyalik kelgan. Bu 2021 yil dekabr oyi bilan taqqoslaganda 468 foizga köp degani. Ularning aksari esa iPhone sotib oliş uçun qöşni mamlakatga ötgan. Öşa oyda Gurjistonga eng köp fuqarolari borişi böyiça röyxatda aynan Turkiya yetakçi bölgan.
Turkiyadagi sayyohlik şirkatlari esa imkoniyatdan foydalanib Gurjistonga bir kunlik «telefon turlar» taşkil qilişgan. Gurji sotuvçilar esa turk mehmonlarning vaqtini tejaş maqsadida şundoqqina çegara yaqinida telefon dökonlar oçib savdo qilişgan.
Turkiya nega bunday qiladi?
Anqara telefonni röyxatga ötkazişga qöyilgan bunday yuqori tariflar orqali noqonuniy mirgatsiyani jilovlaşni maqsad qilgan. Gap şundaki, Turkiyada bölib turgan xorijliklar mahalliy simkarta olib işlata boşlasa, 120 kun içida IMEI kod olmasa, telefon bloklanadi.
Xorijliklar turk simkartasi olmay, masalan, 4G internet modem orqali smartfonini işlatib yursa, muammo yöq. Ammo qönğiroqlarni amalga oşiriş uçun ular albatta turk simkartasi qöyib, IMEI kod olişi şart. Rouming orqali qönğiroqlarni amalga oşiriş esa qimmatga tuşib ketadi. Simkartasiz telefonda yana boşqa muammolar paydo böladi. Masalan, Viber orqali kimgadir telefon qiliş uçun siz mobil internetda foydalanişingiz kerak, buni Wi-Fi orqali qilib bölmaydi. Telefonni IMEI orqali röyxatdan ötkaziş uçun esa yaşaş ruxsatnomasi kerak. Bunday ruxsatnomani olgan migrant qaysidir ma’noda nazorat ostida böladi.
Şuningdek, bunday tölovlardan davlat ğaznasiga yaxşigina pul tuşadi. Saylov oldidan Erdöğan mamlakatda budjet xarajatlarini oşirgan, yil boşidagi zilzila oqibatlarini bartaraf etiş işlari ketayotgan vaqtda esa ortiqça pul zarar qilmaydi. Şuningdek, Turkiya bu qarori orqali mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlamoqçi böladi. Çunki mahalliy telefonlarni röyxatdan ötkazişda boşqaça turdagi tariflar amal qiladi va ular odatda sotib olingan telefon narxiga qöşib yuborilgan böladi.
Turkiyada iyul oyida faqat telefonlarni röyxatdan ötkaziş emas, boşqa tölovlar ham oşirilmoqda. OAV pasport, viza oliş uçun ham tölovlar 50 foizga oşirilişi haqida yozgan. Mehmonxona va restoranlar uçun esa qöşilgan qiymat soliği 8 foizdan 10 foizga oşişi mumkin.











