Turkiyaning muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi 23 mart, yakşanba kuni hokimiyatdan çetlatilgan va qamoqqa olingan Istanbul hokimi Akrom Imomöğlini prezidentlikka nomzod qilib körsatdi. Respublika xalq partiyasi praymerizlarida jami 15 million turk fuqarosi qatnaşdi, bu esa mamlakatda röyxatga olingan saylovçilarning deyarli törtdan bir qismini taşkil etadi. Ulardan 13,2 millioni yagona nomzod bölgan Imomöğlini qöllab-quvvatlagan.

Respublika xalq partiyasi raisi Özğur Özel Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkaziş va Akrom Imomöğli bilan raqobatlaşişga qaror qilişga çaqirdi.

Şu kuni ön minglab muxolifat tarafdorlari Istanbul meriyasi oldida töplanib, Erdöğanning raqibi siyosiy sabablarga köra ta’qib qilinayotganiga norozilik bildirişdi. AP Özelning mitingdagi sözlaridan iqtibos keltirdi: "Imomöğli bir tomondan qamoqxonada, boşqa tomondan esa prezidentlikka yöl oldi". Prezidentlikka yangi nomzod bölgan Imomöğlining rafiqasi Dilek Kaya ham namoyişçilarga murojaat qildi.

Namoyişçilar barrikadalar qurişga urinib, politsiya bilan töqnaşdi, deb yozadi Milliyet. Natijada, uning ma’lumotlariga köra, 66 nafar namoyişçi qölga olingan, beş nafar politsiyaçi jarohatlangan.

Yevropa davlatlari Istanbul meri qölga olinganini qoralab çiqdi

Germaniya taşqi işlar vaziri Berbok Akrom Imomöğlining qölga olinişini «Turkiyadagi demokratiyaga jiddiy zarba» deb atadi. Parij va Afina Istanbul merini qöllab-quvvatladi. Istanbulda yuzlab kişilar namoyişga çiqdi.

Istanbul meri Akrom Imomöğlining qölga olinişi va yil boşidan beri amaldorlar, faollar, fuqarolik jamiyati va biznes vakillari va jurnalistlarning ta’qib qilinişi Turkiyaning özining uzoq yillik demokratik an’analariga sodiqligi haqida savollar tuğdirmoqda, dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili Kaya Kallas.

Bryussel Turkiya hukumatini töliq şaffoflikni ta’minlaşga va barça qonuniy tartiblarga rioya qilişga çaqirdi. Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat va Yevropa Kengaşining uzoq yillik a’zosi sifatida Turkiya eng yuqori demokratik standartlarni qöllaşga majbur, deyiladi bayonotda.