Turkiya 19 martdan buyon 1133 nafar namoyişçi qölga olindi. Bu haqda 24 mart, duşanba kuni Turkiya içki işlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi. Turkiya OAV va huquqşunoslik assotsiatsiyasi (MLSA) ma’lumotlariga köra, qölga olinganlar orasida ön nafar fotosuratçi va jurnalist ham bor.
Turkiyaning Disk-Basin-Is media uyuşmasi ommaviy qölga olişlarni «matbuot erkinligi va xalqning haqiqatni biliş huquqiga hujum» deb atadi.
24 mart kuni keçqurun Istanbul va Anqara şaharlarida minglab odamlar yana köçalarga çiqib, hukumat iste’fosini talab qildi hamda norozilik namoyişi uyuştirdi, deb xabar beradi dpa agentligi.
Erdöğan namoyişlarni «zöravonlik harakati» deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan namoyişlarni qoralab, ularni «zöravonlik harakati» deb atadi. U norozilik tölqinida Imomöğli a’zo bölgan muxolifatdagi Respublika xalq partiyasini aybladi.
Turkiya IIV rahbariga köra, 19-23 mart kunlari bölib ötgan umummilliy namoyişlar çoğida 123 nafar politsiyaçi jarohatlangan.
Akrom Imomöğli Turkiya prezidentligiga nomzod sifatida körsatildi
Turkiyaning muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi 23 mart kuni hokimiyatdan çetlatilgan va qamoqqa olingan Istanbul hokimi Akrom Imomöğlini prezidentlikka nomzod qilib körsatdi. Respublika xalq partiyasi praymerizlarida jami 15 million turk fuqarosi qatnaşdi, bu esa mamlakatda röyxatga olingan saylovçilarning deyarli törtdan bir qismini taşkil etadi. Ulardan 13,2 millioni yagona nomzod bölgan Imomöğlini qöllab-quvvatlagan.
Respublika xalq partiyasi raisi Özğur Özel Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkaziş va Akrom Imomöğli bilan raqobatlaşişga qaror qilişga çaqirdi.
Şu kuni ön minglab muxolifat tarafdorlari Istanbul meriyasi oldida töplanib, Erdöğanning raqibi siyosiy sabablarga köra ta’qib qilinayotganiga norozilik bildirişdi. AP Özelning mitingdagi sözlaridan iqtibos keltirdi: "Imomöğli bir tomondan qamoqxonada, boşqa tomondan esa prezidentlikka yöl oldi". Prezidentlikka yangi nomzod bölgan Imomöğlining rafiqasi Dilek Kaya ham namoyişçilarga murojaat qildi.
Namoyişçilar barrikadalar qurişga urinib, politsiya bilan töqnaşdi, deb yozadi Milliyet. Natijada, uning ma’lumotlariga köra, 66 nafar namoyişçi qölga olingan, beş nafar politsiyaçi jarohatlangan.













