Isroilda 27 iyul, payşanba kuni sud islohotiga qarşi köça namoyişlari qayta boşlandi, islohotning birinçi qismi bir neça kun avval mamlakat parlamenti tomonidan ma’qullangandi. Minglab odamlar Tel-Avivdagi hukumat binolari oldida töplandi.

Isroil televideniyesining 13-kanaliga köra, namoyişçilar demokratiyani qöllab-quvvatlovçi şiorlar aytib, mamlakat bayroqlarini kötargan. Şu bilan birga, politsiya 800 ga yaqin xodimni hukumat kvartaliga olib kelib, aksiyaga oldindan tayyorgarlik kördi. Bundan taşqari, mavzeda nazorat-ötkaziş punktlari va sim tösiqlar örnatildi.

Sud islohotiga qarşi norozilik namoyişlari ikki kunlik sukutdan keyin yana boşlandi. Islohot böyiça birinçi qonun loyihasi 24 iyul kuni Isroil parlamenti (Knesset) tomonidan ma’qullangan va şu kuni noroziliklarga sabab bölgan edi. Politsiya tayoqlar, közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlardan foydalangan holda şafqatsiz qölga olişlar bilan javob berdi, deb yozadi AFP axborot agentligi. 13-kanal qayd etişiça, huquq-tartibot idoralari xodimlari maxsus vositalardan foydalanganlik ayblovlarini rad etdi.

24 iyul kuni Knesset tomonidan qabul qilingan sud islohotlari paketidagi birinçi qonun loyihasi Oliy sudning hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qiliş vakolatini çeklaydi. Muxolifatdagi parlamentariylar qonun loyihasi böyiça ovoz berişni boykot qildi, hukmron koalitsiyaning 64 deputati uni yoqlab çiqdi. Hujjatni qabul qiliş uçun bu yetarli böldi. Islohot tanqidçilari fikriça, tuzatişlar hukumatni nazorat qilişning eng samarali mexanizmlaridan birini olib taşlaş orqali hokimiyatni suiiste’mol qiliş imkoniyatlarini yaratadi.