Fraksiya yiğilişida “Ayrim qonunlarga dehqon xöjaligi yuritiş maqsadida beriladigan yerlarning maydonini oşirişga qaratilgan özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida aholiga çorvaga ozuqa yetiştiriş uçun dehqon xöjaligi yuritiş maqsadida beriladigan yerlarning maydoni amaldagi 2 gektarlik çegaradan 5 gektargaça oşirilişi belgilanmoqda.

Mazkur qonunning qabul qilinişi hududda çorvaçilik tarmoqlarini yanada rivojlantiriş, çorva ozuqa bazasini yanada köpaytiriş, şuningdek, aholining öz xonadonlarida çorva mollari boqişni taşkil etiş va çorva ozuqa bazasiga bölgan talabni qondirişga xizmat qiladi.

Muhokamalar davomida deputatlar uşbu qonun loyihasi partiya manfaatlariga töla mos kelişini e’tiborga olib, uni birinçi öqişda konseptual jihatdan qöllab-quvvatladi.