O‘zbekiston va Eron TIV o‘rtasida «Yo‘l xaritasi» imzolandi
O‘zbekiston TIV rahbari Husayn Amir Abdullahiyonni O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qilgan.

Foto: TIV axborot xizmati
Eronning yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan o‘tkazgan onlayn uchrashuvini keng yoritmoqda, xabar berdi «Dunyo».
Xususan, IRNA, Fars News, Tasnim News, Mehr News, Shafaqna, Qudsonline, IMNA va ISNA axborot agentliklari tomonidan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbari o‘rtasida kechgan muzokaralarga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi.
Nashrlarda 28 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazgani ma’lum qilingan.
Materiallarda O‘zbekiston TIV rahbari Husayn Amir Abdullahiyonni o‘z mamlakatiga tashrif bilan borishga taklif qilgani qayd etilgan. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida «Yo‘l xaritasi» imzolangani xabar qilingan.
«Eron - O‘zbekiston hamkorligi kun tartibi ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha intensiv muloqotni o‘z ichiga oladi. Muntazam ravishda yuqori darajadagi faol almashinuvlar yangi tashabbuslar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda», - deb yozadi Eron ommaviy axborot vositalari.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

08:43
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

09:48 / 03.07.2025
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi

15:28 / 02.07.2025