Eron Xalqaro atom energiyasi böyiça agentlik (XAEA) bilan hamkorlikni töxtatdi. Bu haqdagi qonunni Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon imzoladi.
Eronning XAEA bilan hamkorlikni töxtatib turiş haqidagi qonun loyihasi 25 iyun kuni Eron parlamenti tomonidan, ertasi kuni Eron Konstitutsiyasi qöriqçilari kengaşi tomonidan ma’qullandi.
Endi Eron XAEA direktori Rafael Grossiga öz yadroviy obektlariga taşrif buyurişga va videokuzatuv kameralarini örnatişga ruxsat bermaydi. Eron buni öz yadroviy inşootlari xavfsizligi ta’minlanmagunça amalga oşirişga va’da berdi.
Grossi sözlariga köra, Isroil bilan sönggi keskinlaşuv vaqtida Eron yadroviy infratuzilmasi qisman şikastlangan, biroq Tehron bir neça oy içida uranni boyitiş salohiyatini tiklaşga qodir.
Eron 1970 yilda Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga qöşilgan va 1974 yilda XAEA bilan şartnoma imzolagan. 1979 yilgi Islom inqilobidan söng, dastur muzlatib qöyilgan, biroq keyinçalik yadroviy qurol yaratiş borasida bir neça bor gumon qilinganiga qaramay, qayta tiklangan.
2003 yilda XAEA Tehronning uranni boyitayotgani haqidagi faktlarni oşkor qildi. Bu qöşimça protokol imzolanişiga va dasturning vaqtinça qisqartirilişiga olib keldi. Biroq, boyitiş 2005 yilda qayta boşlandi. Şundan söng, 2006 yilda Eronga qarşi sanksiyalar joriy etildi.
2015 yilda Eron va olti yetakçi davlat yadroviy faoliyatga çeklovlar evaziga sanksiyalarni bekor qilişni nazarda tutuvçi Qöşma keng qamrovli harakatlar rejasini imzoladi. Qöşma Ştatlar 2018 yilda kelişuvdan çiqdi, şundan söng Tehron yana yadroviy dasturini rivojlantirişni kuçaytirdi.
2021 yildan boşlab Eron XAEA tekşiruvlarini çeklab qöydi va uranni qurol darajasiga yaqinlaşadigan darajada boyitişni boşladi. AQŞ Eron bilan yadroviy dastur böyiça muzokaralarni qayta tiklaşga urindi, ammo urinişlar muvaffaqiyatsiz tugadi. 2025 yil iyun oyida avvaliga Isroil, keyin AQŞ Eronning yadro inşootlariga zarba berdi.












