Eron oliy rahbari, 86 yoşli Ali Xominaiy Aşuro kuni munosabati bilan masjidda ötkazilgan marosimda iştirok etdi.

Davlat televideniyesi tarqatgan efirda Xominaiy masjidda yiğilgan ziyoratçilarni qöl silkib kutib olgani, ular esa öz navbatida rahbarni mamnunlik bilan qarşi olgani körinadi. Bu tadbirda olingan suratlar xorijiy OAVda ham tarqatildi.

Eronning yuqori martabali qömondonlari va yadroçi olimlar öldirilgan 12 kunlik uruş davrida Xominaiy «xavfsiz joyda» bölgan. Bild gazetasi ekspertlarga tayangan holda u bunkerdan çiqmaganini yozgan.

U bu vaqt mobaynida faqat maxfiy joylarda tasvirga olingan videomurojaatlar orqali çiqiş qilgan. Uning sönggi murojaati 26 iyun kuni e’lon qilingandi.