Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning Özbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan yöllagan tabrigida ma’lum böldi.

"Bir makon, bir yöl" uçinçi xalqaro hamkorlik forumida iştirok etiş uçun joriy yil oktabr oyida yana Xitoyga kelişingizni intiqlik bilan kutib qolaman”, deyiladi XXR rahbarining tabrik matnida.

Si Jinping Xitoy-Özbekiston munosabatlariga katta ahamiyat berişini qöşimça qildi.

“Men Xitoy-Özbekiston munosabatlariga alohida ahamiyat qarataman. Siz bilan örnatilgan hamkorlik munosabatlarimiz va şaxsiy döstligimizni yuksak qadrlayman. Davlatlarimizning har tomonlama strategik şerikligining barqaror va izçil rivojlantiriş hamda xitoy-özbek hamjamiyatining qurilişiga yangi turtki beriş uçun Siz bilan hamkorlik qilişga tayyorman”, deya ta’kidlab ötdi u.

“Bir makon, bir yöl” taşabbusi 2013 yilda Xitoy hukumati tomonidan 150 ga yaqin davlat va xalqaro taşkilotlarga sarmoya kiritiş uçun qabul qilingan global infratuzilmani rivojlantiriş strategiyasidir. U Xitoy yetakçisi Si Jinping taşqi siyosatining markaziy qismi hisoblanadi. 

Taşabbus 2018 yilda Xitoy Konstitutsiyasiga kiritilgan. Öşanda Si Jinping ma’muriyati taşabbusni “mintaqaviy aloqalarni kuçaytiriş va porloq kelajakka intiliş” deb atadi.