Oçiq va jonli muloqot şaklida ötgan tadbirda davlat rahbari Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi töğrisida sözlab berdi, mamlakat modernizatsiyasiga kömaklaşişda vatandoşlarda ulkan salohiyat borligiga e’tibor qaratdi.

Vatandoşlar va ularni birlaştiruvçi taşkilotlar misli körilmagan yuqori darajaga çiqqan Özbekiston-AQŞ hamkorligini rivojlantirişga katta hissa qöşayotgani alohida ta’kidlandi.

Davlat rahbari vatandoşlar bilan aloqalarni mustahkamlaş, ularning jamoat birlaşmalari faoliyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi. Xorijda özbek tili kurslarini taşkil etişga keng kömaklaşişi, vatandoşlar Özbekistonning tarixiy şaharlarini ziyorat qilişi uçun maxsus turizm xizmatlari töplamlarini işlab çiqiş rejalaştirilgan.

- Biz ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyotda olib borayotgan yangilanişlar natijasini har bir yurtdoşimiz öz hayotida his qilişi kerak. Sizlardek xorijda öqigan, yirik kompaniyalarda işlab, tajriba orttirgan yuqori malakali mutaxassislar ham yurtimizga qaytib kelişi va butun salohiyati bilan Yangi Özbekistonni barpo etişda iştirok eta olişlari uçun barça şaroitni yaratişimiz kerak, - dedi prezident. – Bugun şu yerdagi har bir özbekistonlikda kuçli Vatan hissi va uning rivojiga hissa qöşiş iştiyoqini körib, juda xursand böldim. Sizlarni Özbekistonda kutib qolamiz.

Uçraşuv iştirokçilari prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oşirilayotgan tub va keng kölamli islohotlar xalq farovonligini yanada oşiriş, yurtning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirişga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Katta kompaniyalarda işlayotgan va nufuzli oliy ta’lim dargohlarida öqiyotgan vatandoşlar öz fikr va takliflarini bildirdi. Jamiyat hayoti va iqtisodiyotning turli masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Qaratilayotgan katta e’tibor uçun samimiy minnatdorlik bildirib, vatandoşlar Özbekiston rivojiga munosib hissa qöşişga tayyorligini ta’kidladi, deyiladi rasmiy xabarda.