Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan qonunga köra, Ukrainaning törtta viloyati anneksiya qilingan kun endi rasmiy sana sifatida nişonlanadi. Tegişli hujjat Rossiya huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Qonunga köra, 30 sentabr kuni «Donetsk xalq respublikasi» (DXR), «Lugansk xalq respublikasi» (LXR), Zaporojiye va Xerson viloyatlarining Rossiya bilan «Birlaşiş kuni» sifatida nişonlanadi.
Qonun loyihasining tuşuntiriş xatida aytilişiça, «Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qiliş ularning hududida yaşovçi xalqlarning irodasiga asoslanadi. Bu millionlab odamlarning öz siyosiy maqomini erkin va taşqi ta’sirsiz belgilab oliş böyiça erkin huquqi ifodasidir».
Rossiya özini özi e’lon qilgan «DXR» va «LXR» mustaqilligini Ukrainaga bostirib kirişdan oldin, 2022 yil 21 fevralda tan olgandi.
2022 yil 27 sentabr kuni qisman bosib olingan Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarida Rossiya taşkillaştirgan «referendum»lar yakunlandi. 30 sentabr kuni Vladimir Putin uşbu viloyatlarni Rossiya tarkibiga qöşib oliş haqidagi farmonni imzoladi.













