Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) 8 oktyabrga ötar keçasi HAMASning Ğazo sektoridagi 400 dan ortiq obektlarga hujum uyuştirgan. Bu haqda harbiylarga asoslanib Haaretz naşri xabar berdi.
TsAXAL vakili Daniel Xagarining xabariga köra, tun davomida HAMASning 426 obekti aniq nişonga olingan. CNN ma’lumotiga köra, guruh a’zolari foydalangan önta köp qavatli binolarga hujum qilingan.
Bundan taşqari, Xagarining xabar berişiça, Isroil armiyasi mamlakat janubidagi katta hududlarni öz nazoratiga qaytargan. Janglar Beeri kommunasida, şuningdek Isroil janubidagi Sderot şahri va yana bir qança aholi yaşaş manzillarida davom etayotgani aytilgan.
Armiya vakili Isroilning çegara hududlaridagi quruqlik amaliyotlarida ön ming askar harakatga keltirilganini ma’lum qilgan.
- HAMAS harakati 7 oktyabr tongida Isroilga qarşi harbiy amaliyot boşladi. Isroil hududiga Ğazodan uç mingga yaqin raketa uçib kelgan, falastinliklar çegara hududlariga bostirib kirgan va isroillik harbiylar bilan qurolli töqnaşuvlar boşlangan. Isroil hududida önlab kişilar asir olinib, Ğazo tomon olib ketilgan. Bunga javoban Isroil mudofaa armiyasi Ğazo bölgasidagi nişonlarga yoppasiga zarba berişni boşladi.













