Ğazo sektorini nazorat qilib kelayotgan HAMAS harakati 7 oktyabr tongida Isroilga hujum uyuştirdi. Guruh vakillari Isroil şaharlari böylab beş mingdan ortiq raketa uçirilganini ma’lum qilgan (Isroil hukumati mamlakat hududiga ikki mingdan ortiq raketa kirib kelganini tasdiqlagan). Bundan taşqari, HAMASning qurollangan guruhlari Isroilning Ğazo bilan çegaradagi aholi yaşaş manzillariga kirib, tinç aholi vakillari va harbiy xizmatçilarni garovga olgan.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat uruş holatida ekanini ma’lum qilgan. Isroil aviatsiyasi Ğazo sektori böylab hujum boşlab, HAMASning harbiy obektlari sifatida köp qavatli binolarni nişonga oldi. 7 oktyabr kuni keçqurun Isroil armiyasining oğir texnikalari Ğazo sektori bilan çegara hududiga keltirilgani haqida xabarlar paydo böldi. Netanyahu Ğazo bölgasida yaşovçi aholini «zudlik bilan» u yerdan ketişga çaqirgan. Isroil, şuningdek, Ğazo bilan çegaraga yaqin joylaşgan aholi yaşaş manzillari aholisini evakuatsiya qiliş rejasini e’lon qilgan.

8 oktyabrga ötar keçasi ikki tomon ham otişmalarni davom ettirdi. Xususan, HAMAS Ğazoga eng yaqin joylaşgan yirik Aşkelon şahridagi şifoxonaga zarba bergan; olti kişi yaralangan. Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) HAMASning Ğazo sektoridagi 400 dan ortiq obektlariga hujum qilganini ma’lum qilgan. Şuningdek, Isroil armiyasi mamlakat janubida HAMAS a’zolari kirib kelgan hududlarning katta qismi ustidan nazorat qaytarilganini tasdiqlagan.

Livanning «Hizbulloh» guruhi 8 oktyabrga ötar keçasi HAMASning harakatlari bilan «birdamlik ramzi» sifatida Isroil hududini öqqa tutdi. Bunga javoban Isroil armiyasi Livan böylab artilleriya zarbalari yölladi. Isroilning Haaretz gazetasi jurnalisti Gideon Levi Al-Jazeera telekanali efirida agar «Hizbulloh» mojaroga tölaqonli ravişda qöşilsa, Isroil armiyasi ikki frontda jang qilişiga töğri kelib, inqiroz holatiga tuşib qolişi mumkinligini aytgan. Sönggi xabarlarga köra, mamlakat armiyasi şimoliy çegaralar tomon oğir texnikalarini yubormoqda, bu hududga taşlangan texnikalar soni Ğazo bilan çegaraga taşlanganidan köproq. Hudud aholisiga evakuatsiya böliş tavsiya etilgan.

HAMAS yetakçisi Ismoil Xoniya Ğazodan boşlangan yuriş Iordan daryosining ğarbiy sohili va Quddusga qadar yoyilişini aytdi; u hujumni «duşmanimiz uçun mağlubiyat va tahqir tongi» deb atadi. Öz navbatida, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 8 oktyabrga ötar keçasi «Isroil hududiga kirib kelgan jangarilarning katta qismi öldirilgani», Isroil esa öz yuriş amaliyotini «HAMASning imkoniyatlari töliq yöq qilinmaguniga qadar» davom ettirişini bildirgandi.

Isroil mudofaa armiyasi Ğazo sektorini töliq nazoratga olişni maqsad qilganini bildirgan. «Bizda yaqin 12 soat uçun maqsad bor: Ğazo anklavi mavjudligiga barham beriş. Butun anklavni nazorat ostiga oliş va hududimizdagi barça terrorçilarni yöq qiliş», degan TsAHAL rasmiy vakili podpolkovnik Riçard Xext. U Ğazoning ma’lum hududlaridagi aholi köçirilişiga töğri kelişi mumkinligi va armiya boşqa frontlardan böladigan ehtimoliy hujumlarga tayyorligini ma’lum qilgan.

Isroil rasman uruş holatini e’lon qildi va 40-alif punktini harakatga keltirdi. Bu punkt sönggi marta 1973 yilda qöllangandi. Endi Isroil mudofaa armiyasi — TsAHALda özidan kelib çiqib töliq harakat qiliş erkinligi bor. Faqat, qilayotgan harakatlari töğrisida siyosiy rahbariyatini xabardor qilib turişi kerak.

TsAHAL «tomni taqillatiş» jarayonidan voz keçgan. Bungaça tinç aholi örtasida qurbonlar bölmasligi uçun ular yaşayotgan uyga raketa zarbasi berilişi haqida telefon bildirişnomasi jönatilar, söngra yöq qilinişi lozim bölgan uyga soxta raketa kelib urilib, portlamasdan niyat jiddiy ekanini bildirardi. Şundan söng raketa zarbasi berilardi. Endi Isroil harbiy havo kuçlari binolarni ogohlantirmasdan yöq qilişmoqda.

Isroilda kamida 600 kişi halok bölib, 2 mingdan ortiq kişi yaralangan. Bundan taşqari, The Jerusalem Post ma’lumotiga köra, 750 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda, 100 dan ortiq kişi öğirlab ketilgan. HAMAS 7 oktyabr kuni Isroil hududida 35 dan ortiq kişi — tinç aholi vakillari va harbiylar garovga olinganini ma’lum qilgandi. Isroil armiyasi ham buni tasdiqlagan, ammo garovdagilar soniga aniqlik kiritilmagan. Keyin Isroil tomoni ularning bir qismi ozod etilgani haqida xabar berdi. Garovga olinganlar va halok bölganlar orasida çegaradagi musiqa festivaliga kelgan xorijiy mamlakat fuqarolari ham bor. The Wall Street Journal xabariga köra, Isroil hukumati HAMAS qölida garovda bölib turganlarni ozod etiş böyiça muzokaralarda vositaçilik qilişi uçun Misrga murojaat qilgan, ammo Misrdan bölgan muzokaraçilar falastinliklarni bunga köndira olmagan.

Öz navbatida, Ğazo sektorida Isroilning javob zarbalaridan keyin kamida 370 kişi halok bölgan; ular orasida kamida 20 bola bor. 1990 ga yaqin kişi jarohatlangan. BMT ma’lumotiga köra, Ğazodagi 20 ming atrofidagi kişi otişmalar tufayli öz uylarini tark etişga majbur bölgan.

Isroilga bu safargi hujum qurbonlar soni böyiça 50 yil muqaddam, 1973 yil oktyabrida bölib ötgan va Mahşar kuni deb nom olgan uruşdan keyingi eng yirigi böldi. Öz navbatida, CNN telekanalining qayd etişiça, hujum vaqtida isroillik askarlar asir tuşişi holati 17 yildan buyon, Isroil harbiy bazalari, şahar va kommunalari egallab olinişi 1948 yilgi Isroil uruşidan buyon kuzatilmagandi. Bu esa Isroil hukumatiga mamlakat nima uçun bunday hujumga tayyor bölmagani borasida savollarni tuğdirmoqda, deb yozadi CNN. Bunga jahon va Isroildagi boşqa naşrlar ham e’tibor qaratgan.

Isroilga hujum AQŞ va Yevropaning köplab davlatlari tomonidan qoralandi. RF TIV bölayotgan voqealarni «zöravonlikning yopiq doirasi» deb atagan va «bundan tiyiliş»ga çaqirgan. Rossiyalik propagandaçilar Isroilga hujumni muhokama qilar ekan, («Agenstvo» xulosasiga köra) uçta asosiy tezisni ilgari surişmoqda: Ğarbning xatolari vaziyat keskinlaşuviga olib keldi; uruşlar normaga aylandi; Rossiyadan Isroilga ketganlar qaytadi. Yaqin Şarq mamlakatlari esa HAMASni töğridan töğri qöllab-quvvatlamoqda yoki eskalatsiya uçun Isroilni ayblamoqda.

Yevropaning yirik aviakompaniyalari, jumladan, Lufthansa, Turkish Airlines, LOT, Wizz Air, EasyJet va airBaltic Isroilga parvozlarni töxtatgan.