9 oktyabr kuni Isroil Falastinning mazkur hududi töliq blokada qilinişini e’lon qildi, mahalliy aholi vakillarining sözlariga köra, bu yerga şanba kunidan buyon insonparvarlik yordamlari yetib bormayapti.
Ğazoda 2,3 mln atrofida odam yaşaydi, şundan 80 foiz qismi insonparvarlik yordamlari yetkazib berilişiga qaram holatda. Bu hududni Ğarbning qator mamlakatlari terrorçilik taşkiloti deb tan olgan HAMAS harakati nazorat qiladi.
Ammo Ğazoning sohil qismi va havo kengliklari Isroil nazoratida qolgan. Ğazo hududiga aynan qanday yuklar va odamlar kirişini ham isroilliklar nazorat qiladi.
Falastinliklarning şanba kuni tongida boşlangan hujumidan keyin Isroil Ğazoga borişi mumkin bölgan barça ta’minotni töxtatdi.
Natijada Ğazoda yaşovçi aholi elektr va internetsiz qolgan, tez orada ularda içimlik suv va oziq-ovqat ham tugaşi mumkin.
Ayrim hisob-kitoblarga köra, Ğazoda qolgan yonilği miqdori 72 soatdan ortiq vaqtga yetmaydi.

Duşanba kuni Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Ğazo töliq blokada qilinişiga va’da berdi.
«Heç qanaqa elektr, heç qanaqa oziq-ovqat, heç qanaqa suv, heç qanaqa gaz. Barçasi yopiladi», — degan u.
Avvalroq Falastin muxtoriyati soğliqni saqlaş vazirligi Isroil hukumati harakatlari tufayli Ğazodagi tibbiyot muassasalarida dori-darmon va boşqa zarur zaxiralar, jumladan yonilği yetişmovçiligi boşlanganini ma’lum qilgandi.
Falastin hukumati xalqaro hamjamiyatni Isroilni elektr uzatiş, şuningdek hayot keçiriş uçun birinçi navbatda zarur bölgan dori-darmon va yonilği ta’minotini tiklaşga köndirişga çaqirdi.

Isroil şanba kunidan Ğazo böylab yoppasiga havo zarbalari bera boşladi, sönggi ma’lumotlarga köra, bu zarbalar oqibatida 700 dan ortiq kişi halok bölib, 4 mingga yaqin kişi yaralangan. Falastin soğliqni saqlaş vazirligiga köra, qurbonlar orasida 143 bola va 105 ayol bor.
Vazirlik tölib-toşgan şifoxonalarga şoşilinç tibbiy yordamlar yetkaziş uçun xavfsiz yölak taşkil etişni söragan. Falastin tomoni Isroil harbiylari Xan-Yunis şahri yaqinida tez yordam maşinasiga zarba bergani, Beyt-Xanunga qilingan hujum vaqtida şahardagi yagona şifoxona vayron bölganini aytişgan.
Guvohlarning qayd etişiça, yakşanbadan duşanbaga ötar keçasi Ğazo böylab yöllangan zarbalar sönggi yillardagi eng keng kölamlisi bölgan. Zarbalar erta tongga qadar davom etgan va Ğazo osmonini qora tutunlar ustuni va vayron bölgan binolar çang-tözoni qoplagan.
Zarbalarning bir qismi HAMAS harakati a’zolari şanba kuni tongda Isroil hududi böylab raketalar uçirgan çegara hududlari böylab yöllangan.
Isroil zarbalar HAMASning Ğazodagi obektlariga yöllanayotganini iddao qilmoqda, ammo Falastin muxtoriyati soğliqni saqlaş vazirligi Al-Şati va Jabaliyadagi qoçqinlarning ikki lageri, şuningdek BMTning Ğazodagi maktabiga ham zarba berilganini bildirgan, maktab hududida yuzlab tinç aholi vakillari yaşiringandi.
BMT vakillari maktab otişmalar oqibatida jiddiy şikastlanganini tasdiqlagan, ammo bu yerda jabrlanganlar bölmagan.
Duşanba kuni BMT 123 mingdan ortiq ğazoliklar öz uylarini vaqtinça tark etişga majbur bölgani haqida hisobot berdi.













