Isroil mudofaa kuçlari (TsAXAL) matbuot kotibi, kontr-admiral Daniel Hagari sözlariga köra, Isroil qöşinlari Ğazo sektori çegarasidagi barça aholi punktlari ustidan nazoratni tikladi.
Biroq, Isroil askarlari va HAMAS a’zolari örtasida hamon vaqti-vaqti bilan töqnaşuvlar bölib turibdi, dedi u. Şu bilan birga, u hududda hamon «terrorçilar» borligini istisno qilmadi.
Hagari sözlariga köra, Ğazo çegarasi tösiği tanklar, hujum vertolyotlari va uçuvçisiz havo vositalari bilan himoya qilinadi. Armiya çegaradagi 24 ta şahardan 15 tasini evakuatsiya qildi, qolganlarini esa yaqin kunlar içida evakuatsiya qiladi.
HAMAS a’zolari 7 oktyabr kuni ertalab Isroilga hujum qildi. Ular Ğazo sektoridan uç mingga yaqin raketa otgan va çegara hududlariga bostirib kirib, Isroil harbiylari bilan jang qilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektoriga keng miqyosda zarbalar berdi. 8 oktyabr kuni Isroil rasmiylari mamlakat uruş holatida ekanini e’lon qildi.
Şu kunga qadar Ğazo sektorida 500 nafarga yaqin odam, Isroil tomonida 700 nafardan ortiq odam halok bölgani haqida ma’lumot berildi.













