Misr Umumiy razvedka xizmati rahbari Abbos Komil Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuni Ğazo sektorida kutilayotgan «dahşatli operatsiya» haqida ogohlantirgan. Bu haqda Isroilning «Yediot Ahronot» gazetasi yozdi. Öz navbatida, Netanyaxu ma’muriyati buni «yolğon» deb atadi.
Qayd qilinişiça, Misr razvedkasi Isroilga HAMAS hujumidan ön kun oldin Ğazo sektori atrofida «odatdan taşqari narsa, dahşatli operatsiya» sodir bölişi haqida xabar bergan. Biroq, Netanyaxu buni e’tiborsiz qoldirgani, Abbos Komil esa bundan hayratga tuşgani aytilmoqda.
Gazeta manbalariga köra, Isroil boş vaziri TsAXAL e’tiborni Ğazo sektoriga emas, Ördun daryosining Ğarbiy Sohilida terrorizmga qarşi kuraşga qaratganini aytgan.
Netanyaxu ma’muriyati «Yediot Ahronot» materialini «yolğon» deb atadi.
Associated Press xabariga köra, Misr razvedkasi isroilliklar bilan «qandaydir katta operatsiya» tayyorlanayotgani haqida bir neça bor gaplaşgan, ammo Isroil rasmiylari öz e’tiborini Ğarbiy Sohilga qaratgan va «Ğazo tahdidiga» e’tibor qaratmagan.
7 oktyabr kuni ertalab Ğazo sektorini nazorat qiluvçi HAMAS harakati a’zolari Isroilga qöqqisdan hujum qildi. Ular uç mingga yaqin raketa otib, çegara hududlariga bostirib kirgan. Şundan söng ular isroillik harbiylar bilan jangga kirişgan va önlab odamlarni garovga olgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektoriga yirik hujumlarni boşladi. Isroil uruş holatida ekanini rasman e’lon qildi.
Isroil rasmiylari 700 nafardan ortiq kişi halok bölgani va 2400 kişi yaralangani haqida xabar berdi. Falastin rasmiylarining xabar berişiça, javob zarbalari oqibatida Ğazo sektorida 560 kişi halok bölgan, yana 2700 kişi yaralangan.
The New York Times gazetasining yozişiça, Isroil razvedka xizmatlaridan heç biri HAMAS a’zolari hujumga tayyorlanayotganini bilmagan. The Wall Street Journal gazetasining ta’kidlaşiça, Isroilga hujumni rejalaştirişda HAMAS guruhiga Eron xavfsizlik xizmati yordam bergan. Tehron bunga javoban Falastinni qöllab-quvvatlaşini, biroq HAMAS hujumiga yordam bermaganini ta’kidladi.













