11 oktyabr, çorşanbaga ötar keçasi Isroil mudofaa kuçlari Ğazo şahridagi al-Furqon hududiga kun davomida uçta havo hujumi uyuştirib, 450 nişonga zarba berganini ma’lum qildi. TsAXALning X ijtimoiy tarmoğidagi (sobiq Twitter) postida bu hudud «HAMAS harakati Isroilga qarşi hujumlarini rejalaştiradigan va amalga oşiradigan terrorçilar uyasi» sifatida tavsiflanadi.

Boşqa postda Isroil armiyasi Ğazoning yana bir hududi - at-Tuffaga yana 70 ta zarba bergani haqida xabar qilgan. Bundan taşqari, TsAXAL ma’lum qilişiça, ular Falastin yana bir guruhining Ğazo sektoridagi obektiga zarba bergan.

Isroil armiyasi 7 oktyabrdan beri Ğazo sektoriga havo va dengiz orqali zarba berib kelmoqda. Şu kuni ertalab HAMAS harakati jangçilari avvaliga Isroilni Ğazo sektoridan raketalar bilan nişonga oldi, söngra Isroil hududiga kirdi. Isroil bunga javoban HAMAS salohiyatini yöq qiliş uçun harbiy operatsiya boşladi va Ğazo sektorini töliq blokadaga olganini e’lon qildi. 

Falastin va Isroilda hujum qurbonlari soni ortib bormoqda 

Isroilda, KAN telekanaliga köra, tört kun içida HAMAS hujumlari oqibatida kamida 1200 kişi halok bölgan, yana 3000 ga yaqin odam jarohatlangan. TsAXAL uşbu mavzu böyiça özining sönggi xabarida nisbatan ehtiyotkorroq raqamlarni taqdim etdi: «1000 dan ortiq» kişi halok bölgan va «2800 dan ortiq» odam yaralangan. 

Falastin tomoni 10 oktyabr oqşomida 7 oktyabrdan buyon kamida 900 kişi halok bölgani, 4500 ga yaqin kişi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.