7 oktyabr kuni HAMAS guruhi Isroilga kutilmaganda hujum qildi. Hozirgaça 2 mingga yaqin insonning hayotiga zomin bölgan harbiy harakatlarni ikki tomon ham uruş deb atamoqda. Isroil ittifoqçilari yahudiylar davlatiga qilingan hujumni qoralamoqda. Musulmon davlatlar esa buning bari Isroilning bosqinçilik siyosati oqibatida kelib çiqqanini eslatişdi.

Quyida HAMAS va Isroil örtasidagi uruşga mintaqa davlatlari qanday munosabat bildirayotgani körib çiqiladi.

Arab davlatlari ligasi rahbari Ahmad Abu al Geyt Ğazodagi harbiy harakatlarni tezda tugatişga çaqirdi. «Isroilning zöravonlik va ekstremizmga asoslangan siyosati sekin harakatlanuvçi bombaga öxşaydi. Aynan şunday siyosat sabab kelajakda mintaqadagi vaziyat barqarorlaşişiga jiddiy umid qilib ham bölmaydi», degan u.

Misr eskalatsiya kuçayişi jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi. Mamlakat taşqi işlar vazirligi bayonotida tomonlar bosiqlikka çaqirilgan va tinç aholini xavf ostiga qöyib bölmasligi ta’kidlangan. Reuters manbalariga köra, Misr HAMAS bilan ham, Isroil bilan doimiy muloqotda bölib turibdi. Xususan, falastinliklar asir olgan isroilliklarni himoya qiliş böyiça muzokara boşlagan. Ammo manbalar Isroilning javob zarbalari muzokaralarni qiyinlaştirganini aytgan.

Misr Isroil kabi Ğazo bilan umumiy çegaraga ega. Hozirda Misr çegarasi ham yopilgan va ğazoliklar qamalda qolib ketgan. Odatda Ğazoga insonparvarlik yordamlari aynan Misr çegarasi orqali ötadi. Bu çegarada misrlik harbiylar va anklavni tark etiş istagidagi falastinliklar örtasida töqnaşuvlar ham bölib turadi.

Ba’zi manbalar Isroil raketa zarbalari bera boşlagaç, Misr Ğazo bilan çegaradan kuniga faqat 2 ming kişi ötişiga ruxsat berganini yozgan. Hududda esa 2 milliondan ortiq odam yaşaydi.

Iordaniya taşqi işlar vaziri Ayman Safadi vaziyat keskinligini ta’kidlar ekan, Isroilning falastinlik tinç aholi vakillariga bergan zarbalarini qoralagan. Keyinroq Iordaniya isroilliklarga yordam beriş uçun borayotgan AQŞ harbiy samolyotlariga öz aviabazalriga qönişga ruxsat bergani haqida tasdiqlanmagan xabarlar ham tarqaldi.

Qayd etiş joiz, Iordaniya va Mirs ötgan asr oxirlarida mintaqadagi Isroil bilan tinçlik bitimi imzolagan dastlabki davlatlar bölgandi.

10 oktyabr kuni Livan hududidan ham Isroil şimoliga raketalar otilgani aytildi. Mamlakatdagi «Hizbulloh» şialar radikal harakati vaziyatni jiddiy kuzatayotgani, HAMASdagilar bilan doimiy aloqada bölib turganini ma’lum qilgan. Guruh sahifalarida «Biz boryapmiz» degan yozuvli video e’lon qilingan. Ammo hozirça uşbu harakat Isroilga jiddiy zarba bergani haqida faktlar yöq.

Harakat HAMASning zarbalarini Isroilning bosqinçilik siyosatiga munosib javob deb atagan va bu Tel-Aviv bilan munosabatlarni yaxşilamoqçi bölayotgan davlatlar uçun ogohlik qönğiroği ekanini ta’kidlagan.

Saudiya Arabistoni har ikki tomonni tezda zöravonlikni bas qilişga çaqirgan. Ar-Riyod Isroilni davlat sifatida tan olmaydi, diplomatik munosabatlar ham yöq, lekin oxirgi yillarda ikki davlat örtasidagi aloqalar iliqlaşayotgandi. AQŞ vositaçiligida Isroil va Saudiyani yaraştiriş böyiça megaloyiha ham tayyorlanayotgandi. Ammo uruş boşlangaç, bu muzokaralar muzlatib qöyilgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi.

«Biz bir neça yönalişda zöravonlik kuçayişiga sabab bölgan Falastindagi guruhlar va bosqinçi Isroil kuçlari örtasidagi ayovsiz voqealarni kuzatib boryapmiz», deyiladi Saudiya TIV bayonotida. Şuningdek, Saudiya tomoni Isroilning bosqinçilik siyosati va falastinliklar oddiy huquqlaridan mahrum qilingani eskalatsiya kuçayişiga sabab bölişidan bir neça marta ogohlantirganini ham eslatgan.

Saudiya xalqaro hamjamiyatni mas’uliyatni gardaniga olib avvalo tinç aholi xavfsizligi ta’minlanadigan tinçlik uçun harakat boşlaşga çaqirgan.

Eron oliy rahnamosi oyatulloh Xominaiyning maslahatçisi Rahim Safavi falastinlik jangçilarni Isroilga hujum boşlagani bilan tabrikladi.

«HAMASni Falastin va Quddus töliq ozod qilunmaganiga qadar qöllaşda davom etamiz», degan u.

Livandagi şialarning «Hizbulloh» harakati tarafdorlari 2020 yilda amerikalik harbiylar tomonidan öldirilgan eronlik general Qosim Sulaymoniyning portretini kötargan holda namoyişga çiqdi. Tehron, 2023 yil 7 oktyabr
Abedin Tahrkenareh / EPA / Scanpix / LETA

Eron TIV bayonotida HAMAS guruhining hujumlari falastinliklarning Isroil bosqini oldida qançalik qörqmas ekanidan dalolat ekani aytilgan. Keyinroq Xominaiy ham HAMASning hujumini olqişladi.

Ma’lumot uçun, Eron va Isroil bir-birini özining eng aşaddiy duşmani deb biladi. Eron Isroilni davlat sifatida birinçilardan bölib tan olgan, lekin 1979 yildagi islom inqilobidan keyin eronliklar Isroil bilan barça aloqalarni uzib, hamon tiklagani yöq.

Uruş boşlangaç HAMASni operatsiyaga aynan Eron tayyorlagani haqida ayblovlar paydo böldi. Xususan, AQŞning Wall Street Journal naşri Eron inqilob muhofizlari kulçari avgust oyidan buyon HAMASni hujumga tayyorlagani, operatsiya boşlaşga Eron rahbariyati HAMAS bilan Livandan ötgan maxfiy uçraşuv vaqtida ruxsat berganini haqida yozgan.

Eron TIV bu ayblovlarni rad etib, Falastinning özining ham Isroilga qarşi kuraşişga kuçi yetişini ma’lum qilgan. Oq uy va Isroil hujumni taşkillaştirişda HAMASga aynan Eron yordam bergani haqida heç qanday isbot yöqligini bildirgan.

«Hizbulloh» tarafdorlari Bayrutda Isroil bayroğini yoqişmoqda. 2023 yil 7 oktyabr
Wael Hamzeh / EPA / Scanpix / LETA

Kuvayt tomonlar örtasidagi harbiy harakatlarni keskin qoralab, Isroilni oşkora hujum uyuştirişda ayblagan. Kuvayt xalqaro hamjamiyatni provokatsion bosqinçilik tajribasini bas qilişga çaqirgan.

Marokaş qirolligi vaziyat yomonlaşganidan qattiq xavotir bildirib, qayerda bölmasin tinç aholiga hujumlarni qoralaşini ma’lum qilgan.

Iordan daryosining ğarbiy sohilidagi Falastin muxtoriyati ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos falastinliklar Isroil terrori va bosqinçiligidan özini himoya qilişga haqli ekanini aytgan.

Qatar taşqi işlar vazirligi eskalatsiya va zöravonlik davom etayotgani uçun faqat Isroil javobgar ekanini bildirgan. Qatar har ikki tomonni bosiqlikka çaqirgan. Şuningdek, xalqaro hamjamiyat Isroil bu vaziyatdan Ğazo sektoridagi falastinliklarga uruş oçiş uçun foydalanişiga yöl qöymasligi kerakligini ta’kidlagan.

Liviya poytaxti Tripolidagi osmonöpar bino Falastin bayroği ranglarida. 2023 yil 7 oktyabr
Hazem Turkia / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Turkiya prezidenti Rajab-Toyyib Erdöğan isroillik va falastinliklarni vaziyat keskinlaşmasligi uçun duşmanlikdan tiyilişga çaqirgan.

BAA ham tomonlarni bosiq bölişga çaqirib, qurbonlar yaqinlariga ta’ziya bildirgan. BAA bayonotida Isroil manziliga ayblov yöq. Bunga 2020 yil ikki davlat Donald Tramp vositaçiligida munosabatlarini yaxşilagani sabab bölişi mumkin.

Boşqalar nima dedi?

AQŞ prezidenti Jo Bayden töqnaşuv boşlanganidan keyin «Isroilga dahşatli hujum haqida» mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan gaplaşganini aytdi.

«AQŞ şubhasiz HAMASning Isroilga dahşatli hujumini qoralaydi. Boş vazir Netanyahuga biz Isroil xalqi va hukumatiga har qanday yordam körsatişga tayyor ekanimizni aytdim. Terrorizmni heç qanaqasiga oqlab bölmaydi. AQŞ «vaziyatdan foydalanib qoliş payidagi» Isroilga duşmançiligi bölgan boşqa tomonlarni ogohlantiradi. Mening ma’muriyatim Isroilni qöllaşiga şubha qilmasangiz ham böladi», degan Bayden.

Nyu-Yorkdagi Empayr-steyt-bilding Isroil bayroği ranglarida. 2023 yil 7 oktyabr
Roy Rochlin / Getty Images

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tvitterdagi sahifasida Isroilga hamdard ekanini yozib, «mamlakatga qarşi terroristik hujumni» keskin qoralaşini aytdi.

Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat böyiça rahbari Jozep Borrel tezda asirlarni qöyib yuborişga çaqirdi va bu xalqaro huquqqa zid ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, HAMASning hujumi nafaqat Isroilga jiddiy zarba böladi, balki keskinlikni oşirib, falastinliklar zarariga işlaydi.

Yevrokomissiyaning Bryusseldagi binosida Isroil bayroği proyeksiyasi
Ursula fon der Lyayyenning Twitter sahifasi

Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Jyeyms Kleverli qirollik HAMASning Isroilga hujumini qoralaşini aytib, Isroil özini himoya qilişga haqli ekanini ta’kidladi.

Şvetsiya va Ispaniya ham HAMASning Isroilga hujumini qoralagan.

Frankfurtda Isroil bilan birdamlik aksiyasida yuzlab kişilar iştirok etdi. 2023 yil 7 oktyabr
Boris Roessler / dpa / Scanpix / LETA

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy birinçilardan bölib Isroilni qöllaşini aytib çiqdi. «Isroildan dahşatli xabarlar kelmoqda. Terrorçilik akti oqibatida halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Tartib tiklanib, terrorçilar yöq qilinişiga işonaman. Bu terror insoniyatga qarşi jinoyatdir. Dunyo terror heç qayerda va heç qaçon insonlarga zarar keltirmasligi uçun birlaşişi kerak. Isroil özini himoya qiliş huquqiga ega», dedi Zelenskiy.

Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev AQŞning Yaqin Şarqdagi siyosatini tanqid qilgan. «HAMAS va Isroil örtasida töqnaşuv «Qiyomat kuni» uruşining 50 yilligida sodir böldi va buni taxmin qiliş mumkin. Mana Vaşington va ittifoqçilari nima bilan şuğullanmoqda. Isroil va Falastin qarama-qarşiligi ön yillardan buyon davom etmoqda. Va bu yerda asosiy öyinçi AQŞ», deb yakunlagan Medvedev postini.