AQŞ prezidenti Jo Bayden 11 oktyabr, çorşanba kuni Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri törtinçi bor Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuga telefon qildi. U Isroil hukumatini Falastinning HAMAS harakati bilan jangovar harakatlarda «uruş qoidalari»ga amal qilişga çaqirdi.
«Isroilning ğazab va umidsizlik bilan... uruş qonun-qoidalari böyiça harakat qilişi haqiqatdan ham muhim», dedi Bayden Oq uyda AQŞ yahudiy jamoat taşkilotlari vakillari yiğilgan uçraşuvda Netanyahu bilan muloqotiga izoh berar ekan. «Uruş olib borişda ham qonun-qoidalar bor», deya qöşimça qildi u.
Jo Bayden: «Şafqatsiz kampaniya»
Amerika yetakçisi HAMAS jangçilarining uyuştirgan hujumi qurbonlari aks etgan suratlar haqida gapirdi va hujumni «şafqatsiz kampaniya» deb atadi. «Nafaqat nafrat, balki şafqatsizlik», - dedi Bayden.
U, şuningdek, AQŞ hukumati HAMAS tomonidan garovga olingan amerikaliklarni ozod qiliş uçun barça imkoniyatlarni işga solişiga işontirdi, biroq Vaşington qanday sa’y-harakatlar körayotganiga aniqlik kiritmadi. AQŞ rasmiylariga köra, 7 oktyabr kuni HAMAS jangçilarining Isroilga uyuştirgan hujumi çoğida 22 AQŞ fuqarosi halok bölgan, yana 17 nafari bedarak yöqolgan.
BMT Xavfsizlik kengaşi Yaqin Şarqdagi mojaroni muhokama qiladi
BMT Xavfsizlik kengaşi 13 oktyabr, juma kuni Yaqin Şarqdagi vaziyatni muhokama qiliş uçun yiğiladi, deya xabar berdi axborot agentliklari diplomatik manbalarga tayanib. U oçiq yoki yopiq böladimi, hozirça bir qarorga kelinmagan.













