Raqamlashgan ijtimoiy himoya tizimi. Bu borada nimalar o‘zgardi?
O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimi takomillashtirildi. Xususan, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» tashkil etilib, nafaqalarni avtomatik tarzda tayinlash yo‘lga qo‘yildi. 2016 yildan 2022 yilgacha ijtimoiy nafaqalarga ajratilayotgan mablag‘ 10 baravarga oshirilib, 11 trln so‘mga yetkazildi. Buning natijasida ijtimoiy nafaqa olayotgan oilalar soni 2,1 milliondan oshdi, bu respublikadagi barcha oilalarning 23,3 foizini tashkil etadi.
Hech kimga sir emas, ilgari ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash bo‘yicha ancha qog‘ozbozlik bo‘lgan. Odamlar bir nechta ma’lumotnoma va spravkalarni yig‘ishga majbur edi. Bu esa korrupsiya holatlarini keltirib chiqargan. Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tizimda bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»
2021 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali ijtimoiy nafaqalarni avtomatik tarzda tayinlash tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Hozirda reyestr 16 ta vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalaridan 53 turdagi ma’lumotlarni onlayn tarzda o‘zi yig‘adi.
Tizimning ishga tushirilishi bir qator qulayliklar olib keldi. Xususan, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ning vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvining kengayishi ariza berish jarayonida taqdim etish uchun talab qilinadigan hujjatlar sonini qisqartirdi. Oila a’zolarning daromadlari, doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tganlik, oila tarkibi to‘g‘risidagi va mehnat organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnomalar talab qilinmaydi. Ularning hammasini avtomatik tizimning o‘zi bajaradi. Endi ijtimoiy nafaqaga murojaat etishda faqat pasport talab etiladi. Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror inson omilisiz axborot tizimi tomonidan qabul qilinadi va natijasi bo‘yicha ariza beruvchining telefoniga tegishli SMS-xabarnoma yuboriladi.
Barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida berilishi ta’minlanmoqda. Natijada 2023 yilning birinchi yarim yilligida o‘rtacha 2,1 mln nafar kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlandi va to‘landi, bu respublikadagi barcha oilalarning 23,3 foizini tashkil etadi.
Bundan tashqari, sentabr oyidan boshlab xususiy sektorda band bo‘lgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini proaktiv shaklda tayinlash va to‘lash yo‘lga qo‘yildi.
Umuman olganda, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» nafaqat ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini oshirish imkoniyati, balki har qanday murakkab sharoitda ham aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlash va ularni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlashning shaffof va samarali vositasiga aylanib boryapti.
Nogironlik pulining eng kami miqdori 5,1 baravarga ko‘paygan
2016 yildan 2022 yilgacha ijtimoiy nafaqalarga ajratilayotgan mablag‘ 10 baravarga oshirilib, 11 trln so‘mga yetkazildi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, nogironlik pensiya va nafaqalarning eng kami miqdori 747 ming so‘mgacha oshirilib, 2017 yilning boshiga nisbatan 5,1 baravarga o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2017 yil 1 yanvar holatiga eng kam nogironlik pensiya miqdori 146,5 ming so‘mni tashkil qilgan.
2022 yilning avgust oyida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etildi. 2023 yilda respublika budjeti mablag‘lari doirasida jamg‘arma xarajatlari uchun 300,7 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.
Prezidentning 2022 yil 29 iyundagi qaroriga asosan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»ni berish tajribasi joriy etildi. Shunga asosan, 2023 yilning birinchi yarim yillik davrida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali 30 nafar fuqaroga jami 278,4 mln so‘mlik «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi» to‘lab berildi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Insonparvarlik yordamisiz qolgan G‘azo, urushdan milliardlarni ishlayotgan KXDR va sulh imzolashga tayyor Armaniston - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi
Jahon | 12:53
-
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 12:51
-
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46
Mavzuga oid

14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi

22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

13:35 / 08.03.2025