Islom hamkorlik taşkiloti (IHT) Isroilning Falastin xalqiga qarşi davom etayotgan hujumlarini qoralab, xalqaro hamjamiyatni bu hujumlarni zudlik bilan töxtatiş uçun aralaşişga çaqirdi.
IHT internet sahifasida e’lon qilingan yozma bayonotda, Isroilning Ğazoga uyuştirgan hujumlari natijasida tinç aholi, jumladan, bolalar va ayollar halok bölgani, turar joy binolari, infratuzilma, şifoxonalar, maktablar, diniy markazlar va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) obektlari vayron bölganiga urğu berildi.
Isroilning Ğazoga qilgan hujumlarini qoralagan bayonotda, şafqatsiz hujumlar xalqaro insonparvarlik qonunlarini oçiqdan oçiq buziş va uruş jinoyati ekanligi qayd etildi.
Bayonotda «Isroil davom etayotgan hujumlarning salbiy oqibatlari uçun töliq javobgarlikni öz zimmasiga oladi», deb ta’kidlanadi va xalqaro hamjamiyat Isroil hujumlarini zudlik bilan töxtatiş, Ğazo sektoridagi Falastin aholisi uçun zarur oziq-ovqat va materiallar, dori-darmon yetkazib berişni osonlaştiriş uçun humanitar yölaklarni oçişga zudlik bilan aralaşişga çaqiriladi.













