Nufuzli tadbirda 130 dan ortiq davlat vakillari iştirok etişi kutilmoqda. UNWTO Boş assambleyasining yubiley 25-sessiyasi dunyo hamjamiyatining Özbekistonga bölgan e’tiborini kuçaytiradi deyiladi Uzbektourism rasmiy xabarida.

16–20 oktabr kunlari Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) Boş assambleyasining 25-sessiyasi bölib ötadi.
Boş assambleyaning Özbekistonda taşkillaştirilgan bu galgi sessiyasida dunyoning barça qit’alaridan 130 dan ortiq davlat iştirok etadi. Bu Boş assambleyaning avvalgi sessiyalariga nisbatan yuqori körsatkiç hisoblanadi.
UNWTO Boş assambleyasi doirasida Samarqandda Xalqaro Investitsiya forumi, Xalqaro ta’lim forumi, «Eng yaxşi turizm qişloqlari»ni taqdirlaş marosimi, şuningdek, qator yalpi sessiyalar va madaniy tadbirlar bölib ötadi.
Uşbu nufuzli tadbirning Özbekistonda ötkazilişi dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bölgan e’tiborini yanada kuçaytiradi. Boş assambleya tadbirlariga Butunjahon turizm taşkilotiga a’zo barça davlatlarning ommaviy axborot vositalari, investorlar taşrif buyuradi va barça uçun muhim hisoblanadi.
Tadbirga raislik qiluvçi BMT Butunjahon turizm taşkiloti Boş kotibi Zurab Pololikaşvili Samarqandga keldi. Yuqori martabali mehmonni UNWTO Boş Assambleyasini Samarqand şahrida ötkaziş böyiça Özbekiston hukumati taşkiliy qömitasi raisi örinbosari Aziz Abduhakimov va Turizm qömitasi raisi Umid Şodiyev kutib oldi.

Global investitsiya forumi
UNWTO Boş Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumi va körgazma taşkil etiladi. 17–18 oktyabr kunlari ötkaziladigan forumda vazirlar va xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi hamda 22 ta taqdimot ötkazilişi rejalaştirilgan.
Forum davomida Özbekistonning 14 ta hududi mavjud turistik-investitsion salohiyati, 3 ta turistik-rekreatsion zona (Zomin, Çorvoq, Çimyon), Markaziy Osiyo davlatlari, şuningdek, 4 ta startap loyihalari (Yaponiya, Çexiya, Fransiya va Braziliya) namoyiş etiladi. Bundan taşqari, Turizm qömitasi, «Özbekiston temir yöllari» AJ, «Uzbekistan airports» AJ va «Uzbekistan helicopters» MÇJlarning stendlari taşkil qilinadi.
Qolaversa, umumiy qiymati 2 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalar manzilli röyxati şakllantirilib, investorlarga taqdim etiladi.
UNWTO Boş Assambleyasi sessiyasida 120 dan ortiq yirik xorijiy investorlar hamda 500 dan ortiq yirik mahalliy kompaniyalar iştirok etişi kutilmoqda.
Xalqaro ta’lim forumida
19 oktyabr kuni 25-Boş Assambleya doirasida «Global forum on Education: The Foundation of Building Torism» Xalqaro ta’lim forumi ötkaziladi.

Forum davomida taşkillaştiriladigan va dunyoning 10 mamlakatidan ta’lim va turizm sohasi rahbarlari iştirok etadigan vazirlar yalpi sessiyasida rahbarlar munozaralar davomida hozirgi va kelajak avlodlar uçun ta’lim sohasida innovatsiyalarni joriy etiş masalalarini batafsil körib çiqişadi. Sessiyada IE universitetining iqtisodiy masalalar böyiça vitse-prezidenti, tadbirkorlik va innovatsiyalar markazi raisi Janob Xuan Xose Guemes moderatorlik qiladi.
Ta’lim sohasidagi yetakçi ekspertlarning «Ta’lim sohasidagi UNWTO faoliyati», «Ertangi kunning investitsiyalari: çeksiz kelajak uçun transformatsiya, texnologiya, innovatsiya va ta’lim» mavzularidagi ma’ruza va taqdimotlari bölib ötadi.
Şu bilan birga, Özbekiston, AQŞ, Şveytsariya, Singapur, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Ispaniya, Gretsiyadan 7 nafar spiker, şu jumladan, turizm sohasida Özbekiston yoşlar yetakçilari iştirok etadigan yalpi majlis ötkaziladi. Majlisda örta maktabdan oliy va ijro etuvçi ta’limgaça bölgan turli bosqiçlarda talabalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaxlit yondaşuv taqdim etiladi, bu turizm sanoatining ösib borayotgan ehtiyojlarini qondiriş uçun muhim ahamiyatga ega.
Yana bir diqqatga sazovor tadbir Özbekistondagi UNWTO Turizm akademiyasining taqdimotiga bağişlanadi.
Bundan taşqari, Turizm va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlar va taşabbuslar uçun «Ulysses Awards UNWTO» mukofoti taqdimotining tantanali marosimi ham rejalaştirilgan.
Turizm sohasida milliy va xorijiy ta’lim muassasalari örtasida memorandumlar imzolaş marosimi kutilmoqda.
Forumga turizm sohasidagi yetakçi ta’lim taşkilotlari, şuningdek, 30 mamlakatdan yetakçi xalqaro taşkilotlar vakillari kelişi kutilmoqda.
«Eng yaxşi turizm qişloqlari»ni taqdirlaş
Yubiley sessiya doirasida «Eng yaxşi turizm qişloqlari» nominatsiyasi böyiça taqdirlaş marosimi ham bölib ötadi.
UNWTO tomonidan har yili iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan barqaror rivojlanayotgan, şuningdek, mahalliy qadriyatlar va an’analarni saqlab qolib, tarğib qilib kelayotgan eng yaxşi turizm qişloğini aniqlaydi.

«Eng yaxşi turizm qişloqlari» nominatsiyasi UNWTO tomonidan 2021 yilda nafaqat rivojlangan hududlarga, balki öz qadriyatlarini saqlagan va an’analarini tarğib qilayotgan qişloqlarga sayyohlar e’tiborini jalb qiliş maqsadida ta’sis etilgan, — deydi Turizm qömitasi bölim boşliği Mansur Melikov. — Bu galgi nomzodlar röyxatida Özbekistonning 5 ta manzili — Samarqand viloyatidagi Konigil, Navoiy viloyatidagi Sentob, Surxondaryo viloyatidagi Sangardak, Jizzax viloyatidagi Uxum va Farğona viloyatidagi Avval turizm qişloqlari ham bor».
Ta’kidlaş joizki, «Eng yaxşi turizm qişloqlari» taqdirlaş marosimi bu yil uçinçi bor ötkaziladi. Marosim oldingi yillardagi kabi a’zo davlatlarning yuqori darajali a’zolari, şuningdek, qişloq jamoalari vakillarini birlaştiradi.
Ma’lumot uçun: Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) turizm sohasidagi yetakçi xalqaro taşkilot bölib, BMT tizimining ixtisoslaşgan hukumatlararo muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. Taşkilot 158 ta iştirokçi davlatni, 6 ta assotsiatsiyalaşgan mintaqani, kuzatuvçi maqomiga ega bölgan ikkita mintaqani va 500 dan ortiq bölinmali taşkilotlarni birlaştiradi. UNWTO 1975 yildan beri BMT Nizomi asosida faoliyat yuritib keladi va barqaror hamda qulay turizmni rivojlantirişga asoslangan.











