Isroilda kuzatilayotgan noqulay ob-havo Ğazo sektorida quruqlikdagi operatsiya rejalariga ta’sir qilmayapti, dedi Isroil mudofaa kuçlari (TsAXAL) matbuot kotibi Are Şaruz Şalikar 15 oktyabr, yakşanba kuni Germaniyaning ARD telekanalida. Uning sözlariga köra, keçikişning asosiy sabablaridan biri Isroilning «Ğazo sektorida köproq tinç aholiga operatsiya rejalaştirilgan şimoliy hududlardan janubga evakuatsiya qilişga ruxsat beriş» istagida.
TsAXAL vakili, şuningdek, Misrga Ğazo sektori bilan çegarasida qoçqinlarni qabul qilişi uçun bosim ötkazişga çaqirdi: «Biz begunohlarga, ayniqsa ayollar, bolalar va qariyalarga zarar yetkazişdan manfaatdor emasmiz». Unga köra, TsAXALning maqsadi - «7 oktyabrda Isroilga uyuştirgan hujumi uçun HAMASni yöq qiliş va uni jazolaş».
TsAXAL ma’lumotlariga köra, 15 oktyabr holatiga kamida 600 ming falastinlik Ğazo şahridan janubga evakuatsiya qilingan. Avvalroq Isroil Ğazo sektori şimolidan 1,1 million kişini evakuatsiya qilişga çaqirib, ularni yaqin orada harbiy harakatlar boşlanişidan ogohlantirgan edi.
Falastinliklar Ğazo sektori hududining qisqarişidan xavotirda
Mintaqani nazorat qilayotgan HAMAS guruhi aholidan isroillik harbiylar talablarini bajarmaslikni va yaşaş joylarini tark etmaslikni sörab, buni Isroil tomonidan hududlarni bosib olişga urinişdagi «psixologik uruş» elementi ekanini ta’kidlamoqda. Falastinliklarni öz şaharlarida qolişga çaqiriqni Misr ham qisman qöllab-quvvatlamoqda, u HAMAS hujumlaridan keyin Falastin-Isroil mojarosi avj olgan dastlabki kunlarda Ğazo sektori bilan çegaradagi yagona nazorat-ötkaziş punktini yopdi.
Isroil HAMAS özining harbiy obektlarini Ğazo sektorida tinç aholi binolari va uylariga yaqin joyda joylaştiriş orqali tinç aholidan tirik qalqon sifatida foydalanişiga işora qilib keladi. Biroq, evakuatsiyaga qarşilar, yaşaş joylaridan qoçib ketgan falastinliklar amaliyot tugaganidan keyin ham qaytişda muammolarga duç kelişi mumkinligidan xavotirda, çunki Isroil harbiylari bu hududlarni nazorat qilişni qayta körib çiqişi mumkin.
Rasmiy Isroil bunday rejalarni tasdiqlamayapti, biroq mamlakat boş vaziri örinbosari Gideon Saar 14 oktyabr kuni Isroil televideniyesida operatsiyadan söng Isroil Ğazo sektorining şimoli va şarqida «xavfsizlik zonalari» yaratişi mumkinligini aytdi, ularga kiriş taqiqlanadi. Bu haqda Isroilning Haaretz portali Keshet 12 telekanali körsatuviga tayanib xabar berdi.
Iqtibosga köra, Saar Ğazo sektoridagi «xavfsiz hududlar» ğoyasi uning şaxsiy fikri ekanini ta’kidladi. Ammo uning qöşimça qilişiça, TsAXALning HAMASga qarşi operatsiyasi yakunlanişi atrofdagilarga aniq signal berişi kerak – «Isroilga qarşi uruş boşlagan har bir kişi öz hududlarini yöqotişi şart».
TsAXAL jazo muqarrarligiga işonyapti
7 oktyabr kuni Isroilga uyuştirilgan yirik hujum uçun mas’ul bölgan HAMAS guruhini yöq qiliş «katta va qiyin maqsad», dedi TsAXAL vakili Şalikar. Biroq u 1972 yilda Myunxenda bölib ötgan Olimpiada öyinlari vaqtida Isroil jamoasi sportçilariga uyuştirgan fojiali voqeani misol qilib keltirdi.
Uning sözlariga köra, keyinçalik uşbu hujumga aloqadorlarning barçasi javobgarlikka tortilgan va Isroilga qilingan hujumlarda iştirok etganlar bilan ham xuddi şunday böladi.













