Isroil Mudofaa Kuçlari (TsAXAL) tomonidan 2021 yil mayidan 2023 yil avgustigaça bölgan davrda Ğazoga bergan zarbalari harbiy jinoyat hisoblanadi. Bunday xulosalar Isroildagi voqealarni örganiş böyiça BMT komissiyasi hisobotida keltirilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
«Isroilning [Ğazo sektoriga] zarbalari oqibatida yetkazilgan zarar va qurbonlar [HAMAS ustidan] harbiy ustunlikka mutanosib emas edi, şuning uçun bu harakatlar harbiy jinoyat hisoblanadi», deyiladi hisobotda.
Komissiya, şuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon körinişidagi insonparvarlik yordamini olib kirişni taqiqlaşni «xalqaro huquqning buzilişi» deb atadi.
Komissiyaning aniqlik kiritişiça, hujjat ustidagi işlar 2023 yil oktyabr oyida boşlangan ziddiyatdan oldin yakunlangan va 2021 yil may – 2023 yil avgustgaça bölgan davrni öz içiga oladi.












