Statistik ma’lumotlarga köra, Falastin muxtoriyatining 45 foiz aholisi – 18 yeşgaça bölgan bolalarni taşkil qiladi. Şuning uçun ham, Isroilning Ğazoga bomba taşlaşlari natijasida bolalar nihoyatda köp qurbon bölyapti.

Dunyo OAV falastinlik bolalarning jasadlarini körib, şokka tuşayotgan bölsa, Isroil va uning ittifoqçilari bu ğayriinsoniy vaxşiylikni oqlaş uçun “biz falastinliklarga qarşi emas, faqat HAMASga qarşi uruş qilyapmiz” deb, propaganda olib bormoqda. Xöş, Isroil haqiqatda ham faqat HAMASga qarşi uruşmoqdami? Bu maqolada Isroilning asl nişoni HAMAS emas, aslida Falastin davlatçiligi va oddiy falastinliklar ekanini körsatuvçi beşta faktni keltiramiz.

Birinçidan, Falastin – Isroilning okkupatsiyalari natijasida ikkiga bölinib qolgan davlat. HAMAS taşkiloti faqat Ğazo sektorida bor, Ğarbiy sohilda mavjud emas. Lekin, mana 75 yildirki, Ğarbiy sohilda ham Isroilning hududlarni bosib oliş siyosati, falastinliklarni tahqirlaş siyosati kuçaysa kuçaymoqda, lekin pasayayotgani yöq.

Ikkinçidan, HAMAS va şunga öxşaş jangari guruhlar asosan keyingi 30-40 yilda taşkil topdi. HAMAS 1987 yilda tuzilgan, “Hizbulloh” esa 1983 yilda. Ya’ni 1970 yillarga qadar Falastin hududida yoki undan taşqarida Falastinni jangari usullar orqali ham himoya qiladigan qurolli guruhlar umuman yöq edi. Lekin öşa paytda ham Isroil har xil bahonalar bilan Falastinning yerlarini bosib oliş siyosatini olib borar edi. Bugun esa, HAMASni bahona qilib, falastinliklarning Ğazo sektorini taşlab çiqib ketişi uçun harakat qilmoqda.

Uçinçidan, agar HAMAS “terrorçi guruh” bölsa, unda savol tuğiladi: Isroil tinçlikparvar guruhlar bilan muloqot olib boryaptimi, ularga Falastin yerlarini qaytarib berdimi yeki beriş niyati bormi? Yöq, Isroil heç bir tinçlikparvar, konstruktiv guruh va şaxslarga ham Falastin davlati tuziş imkoniyatini bermagan, bermaydi. Bosib olingan yerlarni ham qaytariş niyatida emas.

Törtinçidan, Isroil Ğarbiy sohilda rasmiy maqomga va vakolatga ega Falastin Ozodlik Taşkilotining raisi Mahmud Abbos bilan konstruktiv muloqot olib bordimi? Yöq, aksinça, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu konstruktiv va vazmin Mahmud Abbos hamda uning taşkilotini tahqirlaş, yerga uriş bilan şuğullanib keldi. Isroilning bu siyosatiga guvohi bölayotgan falastinliklar radikal hisoblanmiş HAMASga köproq işondi va işonmoqda.

Beşinçidan, şu paytga qadar Isroil nima qilsa ham, faqat özini qurbon sifatida körsatib keldi, misli körlmagan vahşiyliklar qildi va qilmoqda. Ğarbiy sohil, garçi u rasman Falastin yerlari bölsa-da, bu yerlar içkaridan töliq yahudiylar tomonidan özlaştirib olinmoqda. Isroilning siyosati – bu Falastin davlatiga imkon bermaslik, özining kuç-qudratiga tayanib, falastinliklarni öz uylaridan, hududlaridan siqib çiqariş va şu yöl bilan Isroil davlatini kengaytiriş ekanini nafaqat falastinliklar, arab davlatlari, musulmon xalqlari, balki köplab xolis bölgan ğarbliklar ham tuşunib bölgan.

Şunday ekan, Isroil uçun HAMASning jangariligi öz jinoyatlarini oqlaş uçun bir bahona xolos. HAMAS hali taşkil topmagan vaqtlari ham Isroil bu jinoyatlarni qilgan va hamon qilmoqda. Falastinlik boşqa, konstruktiv kuçlar bor bölsa-da, Isroil bu kuçlarga imkoniyat beriş niyatida emas. Şu sababli aytiş mumkinki, Isroil faqat HAMAS bilan uruşayotgani yöq, umuman barça falastinliklar bilan uruşyapti, Falastin davlatiga imkon bermaslik niyatida.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos