Milliarder Ilon Mask uçinçi jahon uruşi xavfi haqida ogohlantirdi. Özining X platformasidagi onlayn guruh muhokamasida sözga çiqqan Ilon Mask Yaqin Şarq va Ukrainadagi harbiy töqnaşuvlar Uçinçi jahon uruşiga aylanib ketişi mumkinligiga işonişini aytdi.

«Biz, xuddi uyqusida yuradiganlar kabi, Uçinçi jahon uruşiga yaqinlaşmoqdamiz. Birin-ketin bema’ni qarorlar bilan. Odamlar özini tahlil qilişi kerak. Agar ularning başoratlari amalga oşmagan bölsa, boşqa başoratlari amalga oşmay qolişi mumkinligi haqida öylab körişi kerak», dedi u.

Milliarder Ukraina hududida öt oçişni töxtatişga çaqirdi va uruşni umidsiz vaziyat deb atadi.

«Ukrainada tinçlik yölini topişimiz kerak va menimça, biz Rossiya bilan normal munosabatlarni tiklaşimiz kerak», dedi Mask va hozirgi vaziyat Rossiyani Xitoy bilan yaqinroq ittifoqqa majburlaşi mumkinligini qöşimça qildi.

Bundan taşqari, Ilon Mask sözlariga köra, amerikalik siyosatçilar «mintaqaviy» mojaro global tus oladigan vaziyatning oldini olişga ustuvor ahamiyat berişi kerak.

«Tsivilizatsiyaning özi xavf ostida qolişi mumkin», deb ta’kidladi u.

Avvalroq, Ilon Mask Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tasvirlangan memni joylaştirib, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida şov-şuvga yöliqqan edi. Mask maşhur memning fotoşop versiyasini joylaştirdi, unda Zelenskiyning yuzida xafa ifodasi aks etgan, mem ostidagi izohda «Beş daqiqa ötdi, ammo hali bir milliard dollar yordam söramadingiz», deyilgan edi.