Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Ğazoda harbiy amaliyotlarning yangi bosqiçi boşlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Haaretz naşri xabar berdi.
Vazir sözlariga köra, harbiy amaliyotlar yangi buyruq olinmagunça davom etadi.
«Biz yer usti va ostiga zarba berdik, barça darajada va hamma joyda terrorçilarga hujum qildik», dedi Gallant. Şuningdek, u falastinliklarni Ğazo sektori şimolini tark etişga çaqirdi.
Şu bilan birga, Isroil armiyasi vakili Daniel Hagariy bu sözlarni mohiyatan tasdiqladi.
«Isroilning Ğazo sektori şimolidagi yangi hujumi HAMAS harakatiga qarşi uruş bosqiçida oldinga siljişni anglatadi», dedi u.
27 oktyabr kuni Jerusalem Post gazetasi Isroil mudofaa kuçlari Ğazo sektorida quruqlikdagi navbatdagi reydni ötkazganini xabar qildi. Ommaviy axborot vositalari xabariga köra, Isroil armiyasi Ğazo sektoriga havodan zarba berdi va bu ziddiyat boşlanganidan beri eng kuçli öqqa tutiş bölgani aytildi.













