Isroil mudofaa kuçlari (TsAXAL) Ğazo sektorida HAMAS guruhiga qarşi uruşning uçinçi bosqiçini boşladi, u quruqlikdagi harbiy amaliyotni kengaytirişni nazarda tutadi, dedi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 30 oktyabr, duşanba kuni.

«Biz uruş örtasida turibmiz. Oldimizga aniq maqsad qöyganmiz: HAMASning harbiy va rejim salohiyatini yöq qiliş. Biz buni tizimli ravişda qilyapmiz», - deya ta’kidladi Netanyahu. Uning sözlariga köra, birinçi «tormozlaş bosqiçi» allaqaçon yakunlangan. «Ikkinçi bosqiçda doimiy ravişda havo hujumlari davom ettirilmoqda. Uçinçi bosqiç - Ğazo sektoriga quruqlikdan kirişni kengaytiriş. TsAXAL buni ölçovli, juda kuçli qadamlar bilan amalga oşirmoqda, tizimli ravişda bosqiçma-bosqiç olğa siljimoqda», - dedi boş vazir.

Bunga parallel ravişda Isroil armiyasi mamlakat şimolida Livanning «Hizbulloh» guruhini jilovlaş ustida işlamoqda. «Men «Hizbulloh»ga yana bir bor aytaman: agar siz kampaniyaga töliq aralaşişga qaror qilsangiz, hayotingizdagi xatoga yöl qöyasiz. Siz hatto tasavvur ham qila olmaydigan zarba olasiz», dedi Netanyahu.

Netanyahu öz murojaatida Isroil tomonidan boşlangan kampaniya vaqt talab qilişini ta’kidladi. «Kutilmagan tösiqlar böladi, qiyinçiliklar böladi, yöqotişlar, kutilmagan hodisalar böladi, lekin oxirida men sizga bir narsani va’da qilaman: HAMAS yiqitiladi, HAMAS mağlub böladi, boşqa Ğazo böladi», dedi boş vazir.

Netanyaxu öz kampaniyasining yana bir sohasi sifatida Isroilning «humanitar sa’y-harakatlari»ni aytdi. «Biz Ğazo aholisini janubga köçirişga harakat qilyapmiz, u yerda humanitar yordam jönatmoqçi bölgan xavfsiz hudud yaratdik. Buni amerikalik döstlarimiz bilan kelişilgan holda qilyapmiz. Bu jarayon ham vaqt talab etadi», - deydi u. 

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. 

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8 mingdan ortiq falastinlik va 1400 nafar isroillik halok böldi.

Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.

BMT Boş assambleyasi zudlik bilan humanitar otaşkesimga çaqirdi. Şu bilan birga, Iordaniya taklif qilgan rezolyutsiya uçun 120 davlat ovoz berdi. Biroq Isroil bu taklifni rad etdi.