Isroilning Ynet naşri manbalariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu telefon orqali muloqot çoğida Eronga nisbatan kelgusi qadamlarni muhokama qilar ekan, özaro qattiq tortişib qolgan.
Suhbat ötgan dam oliş kunlari (7–8-noyabr) AQŞ va Isroil örtasida Eronga qarşi harbiy harakatlarni qayta boşlaş böyiça kelişmovçiliklar avj olgan pallada bölib ötdi. Ynet suhbatdoşlari Tramp va Netanyahuning muloqotini «oğir va tarang» deb baholadi. Manbalardan biri uni «baland ovozlarda keçgan dahanaki jang» deb atadi.
Netanyahu mahkamasi bu maʼlumotni rad etmoqda. «Bu - feyk xabar, mutlaqo safsata», - deyiladi bayonotda. Isroillik yuqori martabali mulozim esa suhbat bölib ötganini tasdiqladi, biroq u «heç qanday oğir ötmaganini» bildirdi.
Financial Times manbasiga köra, Netanyahu Trampga har kuni qönğiroq qilib, uruşni qayta boşlaşga undamoqda, AQŞ prezidenti esa vaziyatni muzokaralar yöli bilan hal etişga urinmoqda.
Tramp va Netanyahu örtasidagi muloqotlarda avval ham töqnaşuvlar yuz bergan. Xususan, 2026-yil iyun oyi oxirida AQŞ prezidenti Livandagi mojaro avj olgani sababli Isroil boş vazirini keskin tanqid qilgan edi. Öşa suhbat çoğida Tramp Netanyahuni «aqldan ozgan» degan: «Agar men bölmaganimda, hozir panjara ortida ötirgan bölarding. Men seni qutqarib qolyapman. Hozir esa hamma sendan nafratlanyapti. Şu sababli butun dunyo Isroilni yomon körib qoldi». Axios maʼlumotlariga köra, Tramp öşanda «ğazab otiga mingan» va bir payt Netanyahuga baqirib: «Nimalar qilib qöyyapsan özi?!» - degan.
Amerika matbuoti sönggi haftalarda AQŞ Eronga yana yangi zarbalar berişi mumkinligi haqida yozayotgan edi. Axios naşrining xabar berişiça, Netanyahu Tramp bilan suhbatda 3-noyabr kuni bölib ötgan Kongressga oraliq saylovlardan söng darhol Eronga zarba berişni talab qilgan.
The New York Times axborotiga köra, Isroil Eron öz raqiblariga qarşi kimyoviy qurol qöllaşi mumkinligi haqidagi razvedka maʼlumotlarini AQŞga yetkazgan. Oq uy vakillarining bir qismi Netanyahu hukumati şu yöl bilan Tramp maʼmuriyatini Eronga beriladigan zarbalarni qayta boşlaşga köndirişga urinmoqda, deb hisoblaydi.













