26 kundan beri Isroilning şiddatli bombardimon qilişi ostida bölgan Ğazo sektorida halok bölganlar soni 271 nafarga ortib, 8796 nafarga yetdi.

Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi vakili Aşraf al-Qudra Şifo kasalxonasi oldida uyuştirilgan matbuot anjumanida davom etayotgan Isroil hujumlari haqida gapirdi.

Qudra Isroilning Ğazoda 7 oktyabrdan beri uyuştirgan hujumlarida qurbon bölganlar sonining 8796 nafarga yetganini aytdi. Ularning 3648 nafari bolalar, 2290 nafari ayollardir. Uning sözlariga köra, yaradorlar soni - 22 ming 219 kişi, Ğazo sektorini intensiv bombardimon qiliş davom etmoqda, hujumlar boşlanganidan beri 2 ming 30 kişi vayronalar ostida qolib ketgan. 

Uning sözlariga köra, Isroil hujumlarida 132 tibbiyot xodimi halok bölgan va hujumda nişonga olingan 25 tez yordam maşinasi yaroqsiz holga kelgan. 

Isroilning 58 tibbiyot muassasasini ataylab nişonga olganiga diqqat qaratgan Qudra, 16 kasalxona va 32 birlamçi soğliqni saqlaş markazining hujumlar va yonilği tugaşi tufayli işlamay qolgani haqidagi ma’lumot bilan örtoqlaşdi. 

Rasmiy Ğazodagi Şifo va Indoneziya kasalxonalari yonilği yetişmasligi sababli yaqin soatlarda faoliyatini töxtatişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. 

Qudra döst davlatlar va xalqaro taşkilotlarni vaziyatga şoşilinç ravişda aralaşib, Ğazo kasalxonalarini yonilği bilan ta’minlaşga çaqirdi. Aks holda, Şifo va Indoneziya şifoxonalarining asosiy generatorlari işlamay qoladi. 

Qudra Misrning köp sonli yaradorlarni davlatdagi kasalxonalarga ötkaziş borasidagi sa’y-harakatlarini olqişladi. 

Vazirlik vakilining qöşimça qilişiça, ahvoli oğir bölgan yaradorlar ham olib ketilişi kerak.