BBC Verify bölimi Ğazodagi bir neçta lokatsiyalarga berilgan aviazarbalar hamda Isroil hukumatining evakuatsiya töğrisidagi ogohlantirişlarni tahlil qilib çiqdi.
TsAHAL tomonidan e’lon qilingan ayrim ogohlantirişlar evakuatsiya qilinişi lozim bölgan yönaliş strelkalarda körsatilgan joyning xaritalari bilan e’lon qilingan.
BBC örgangan uçta aviazarba bayonotlar çiqqanidan söng köçiş söralgan öşa hududlar yoki ularga yaqin joylarga berilgan.
Xon Yunus. 10 oktyabr
10 oktyabr kuni TsAHAL özining qiruvçi samolyotlari Ğazo sektori şimolidagi Rimal tumanida va anklav janubidagi Xon Yunus şahrida 200 dan ortiq obektlarni bombardimon qilgani haqida bayonot berdi.
BBC Xon Yunusdagi nişonlarga berilgan zarba oqibatlarini örgandi. Aviazarbadan söng e’lon qilingan videotasvirda şahar markazidagi binolarga zarar yetkazilgani va vayron qilinganiga guvoh böliş mumkin.
Zarba berilgan joy yaqinida bölgan obektlarga, jumladan, Xon Yunusdagi Katta masjid minorasiga qarab bomba tuşgan joyga aniqlik kiritilgan.
Şuningdek, vayron bölgan binolar, uylar va maşinalarning bölaklarini saralayotgan odamlarning fotosuratlari ham örganilgan.
Fotosuratlar va videotasvirda bitta joy körsatilgan, çunki har ikki lokatsiyada dorixona peşlavhasini köriş mumkin. Şuningdek, fotosuratlar avvalroq röy bergan hodisaga taalluqli emasligiga işonç hosil qiliş uçun, tasvirlar avvalgi sanalarga qarab izlangan.

8 oktyabr kuni ertalab TsAHAL rasmiy vakili Avixay Adrae X («Twitter») tarmoğida arab tilida Ğazoning bir neça tumanlari aholsini öz uylarini tark etib, xavfsizroq joyga köçiş töğrisidagi çaqiriğini e’lon qildi.
Xon Yunusning janubiy-şarqiy qismida joylaşgan Abasan al-Kabiyra va Abasan al-Sağiyra tumanlari aholisi şahar markaziga köçişi kerakligi aytilgan.
X tarmoğida e’lon qilingan xaritada Xon Yunus yönalişini körsatuvçi strelkalarni köriş mumkin. Öşa kuni boşqa bir tavsiyalar ham berilgan bölişi mumkin, biroq BBC bunga dalil topa olmagan.
Rafah. 11 oktyabr
11 oktyabr kuni anklavning eng janubiy qismi — Misr bilan çegarada joylaşgan Rafah şahri markazidagi Najma maydoniga aviazarba berilgan.

BBC maydondagi vayronagarçiliklarni örgangan: bu kadrlar aviazarbadan söng ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.
8 oktyabr kuni Isroil armiyasi Rafah aholisi «şaxsiy xavfsizligini ta’minlaş maqsadida» şahar markazidagi boşpanaga qarab yurişlari lozimligi haqida ogohlantiriş çiqaradi.
BBC şu davr içida TsAHALning ijtimoiy tarmoqlardagi arab tilidagi barça xabarlarini tahlil qilgan, biroq dastlabki çaqiruv bekor qilinganini isbotlovçi boşqa çaqiruvlarni topa olmagan.
Xon Yunus. 19 oktyabr
19 oktyabr kuni anklavning janubiy qismida Jamol Abdunnosir köçasi böylab joylagan Xon Yunus şahriga yana aviazarba berilgan. Bundan şaharning boş magistralidagi vayron qilingan binolarning videosi guvohlik berib turibdi.
Videoda tasvirlangan binolarni öşa joyda tuşirilgan fotosuratlar bilan taqqoslab, BBC tahlilçilari bu bitta joy ekaniga aniqlik kiritişgan.

Ayrim videoyozuvlarda halok bölganlar va yaradorlarni vayronalar ostidan çiqarib, eng yaqinda joylaşgan Nosir şifoxonasiga olib ketişayotganini köriş mumkin.
16 oktyabr kuni TsAHAL Ğazo aholisini «agar özingizning va yaqinlaringizning xavfsizligi siz uçun muhim bölsa», deb janubga — Xon Yunusga köçiş haqida ogohlantirgan.
Isroil harbiylari boşqa ogohlantiriş ham çiqargan bölişi ehtimoli bor, biroq BBC bunga dalil topa olmagan.
Markaziy Ğazodagi lagerlar. 17, 18 va 25 oktyabr
Ğazoning markaziy qismida törtta qoçqinlar lageri joylaşgan. BBC ularning ikkitasiga berilgan aviazarbalarni tahlil qilişga muvaffaq bölgan: Al-Burayj (17 oktyabr kuni vayron etilganlik videolari tahlil qilingan va köz köradigan masofadagi masjidning minorasiga qarab lokatsiya aniqlaştirilgan); an-Nuseyrat (18 oktyabr kungi vayronagarçiliklar videosi tahlil qilingan va videoyozuvlarda tuşib qolgan dökonlarning nomi bombalaşgaça e’lon qilingan tasvirlardagi dökonlar bilan soliştirilgan).
Mağazi tumanining şarqiy va janubiy qismida istiqomat qiluvçi aholiga Ğazo markazidagi lagerlarga köçiş töğrisidagi 8 oktyabr kuni avvaldan e’lon qilingan ogohlantirişga qaramasdan, X tarmoğida e’lon qilingan xaritada körsatilgan joyda heç qanday lager bölmagan.
Biroq, BBC öşa joydan sal narida joylaşgan uçta lager borligini aniqlagan: al-Burayj va an-Nuseyrat 17 va 18 oktyabr kunlari bombalangan, undan taşqari yana bir lager — Dayr ul-Balah bölgan.
BBC TsAHALning boşqa ogohlantirişlari ham bölganini rad eta olmaydi, biroq bunga dalil topilmagan.
Al-Jazeera telekanali 25 oktyabr kuni an-Nuseyrat lageriga berilgan yana bir zarba oqibatlarini namoyiş etgan.
Internetda e’lon qilingan kadrlarda Al-Jazeera muxbiri Voil ad-Dahduh kasalxonada özining yetti yoşli qizining qölida kötarib, ösmir öğli öligi ustida yiğlayotgani tasvirlangan. Uning rafiqasi ham öldirilgan.
«Ğazoda ortiq xavfsiz joy qolmadi», — degan u.
Voil ad-Dahduh uning oilasi Isroil hukumati çaqiriqlariga böysunib, şimoldan janubga köçgan bölganini aytgan.

TsAHALning reaksiyasi
BBC TsAHALga uşbu materialda qayd etib ötilgan joylarning koordinatalari va sanalari töğrisida ma’lumot taqdim etib, tuşuntiriş söragan.
Çunonçi, uşbu nuqtalar Isroil harbiylari aviazarbasiga duçor bölgan yoki yöqligi va TsAHAL bombalaşdan avval mahalliy aholini ogohlantirgani yo yöqligi söralgan.
Öz javobida Isroil mudofaa armiyasi «uşbu lokatsiyalar borasida heç qanday qöşimça ma’lumot taqdim eta olmasligi»ni bildirgan.
Javob xatida Isroil armiyasi, şuningdek, «Ğazoning tinç aholisini öz şaxsiy xavfsizligini ta’minlaş uçun anklavning janubiy qismiga köçişga çaqirgani»ni qayd etgan va «Ğazoning barça qismidagi terrorçilik obektlariga zarba berişda davom etişlari»ni bildirgan.
«Xalqaro huquqlarga muvofiq TsAHAL tinç aholiga ziyon yetkazmaslik uçun ehtiyot çoralarini körmoqda. Bu çoralar fursat tuğilgan paytda [tinç aholini] ogohlantirişni ham qamrab oladi», — deya qöşimça qilgan TsAHAL.
BBC Ğazoning u yoki bu qismiga tuşgan raketalar aslida kimga tegişli ekanini aniqlaş imkoni yöq. TsAHAL ma’lumotlariga köra, 7 oktyabrdan söng HAMAS tomonidan uçirilgan 7 mingdan ortiq raketalarning 500 dan ziyodi Ğazo hududiga tuşgan.













