Qöşma Ştatlar Livandagi «Hizbulloh» şia harakatini Isroil va HAMAS guruhi örtasidagi ziddiyatdan öz manfaati yölida foydalanmaslikka çaqirdi. Bu haqda The Times of Israel naşriga tayanib Interfax yozdi.
«Biz va hamkorlarimiz aniq aytamiz: «Hizbulloh» va boşqalar, davlat va nodavlat kuçlar davom etayotgan mojarodan öz manfaati yölida foydalanmasligi kerak», deb iqtibos keltirdi naşr AQŞ Xavfsizlik kengaşining nomi oşkor etilmagan vakili sözlaridan.
«Vaziyat 2006 yilda Isroil va Livan örtasidagi qonli uruşdan ham jiddiyga aylanib ketişi mumkin. Qöşma Ştatlar mojaroning Livanga tarqalişini istamaydi», dedi u.
4 noyabr kuni «Hizbulloh» yetakçisi Hasan Nasrulloh Ğazo sektoridagi mojaro mintaqaviy uruşga aylanib ketişining oldini oliş uçun imkon qadar tezroq töxtatilişi kerakligini aytdi. Şu bilan birga, u harakat rahbariyati barça variantlarni körib çiqayotganini va HAMAS harakati Isroilga hujum qilgaç, «Hizbulloh» ham Isroilga qarşi jangga kirib, uning armiyasini Ğazo sektoridan çalğitganini ta’kidladi.













