Kodeksdagi «yoğli» modda: jazoni yengilroği bilan almaştiriş
|20:10 / 04.11.202348 85210 min
Nima uçun Özbekistonda firibgarlar odamlarning bor-budini şilib ketişdan qörqmay qöyişganini bilasizmi? Çunki ularga qonundagi tuynuklar «ilhom» beradi. Qanday qilib deysizmi, maqolani öqing, bilib olasiz.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Buxoro amirligi davrida öğrilik yoki firibgarlik qilgani uçun zindonga taşlangan jinoyatçilardan yetkazilgan zarar antiqa usulda undirib olingan: jinoyatçi haftaning har juma kuni zindondan çiqarilgan va mardikor bozoriga olib borilgan. Ma’lum bir haq evaziga biror yumuş qildiriş uçun mardikor izlayotgan odamlar jinoyatçini yollab, işlatişgan. Uning mehnati uçun tölangan haq esa yetkazilgan zarar hamda zindonda uşlab turilişiga sarflanadigan xarajatlarni qoplaşga yönaltirilgan.
Şu tariqa, firibgar jinoyatçi yetkazilgan zararni töliq qoplab bölgaçgina zindondan ozod qilingan.
Qölga tuşişini bilib turib jinoyat qiladi
Faoliyati aldov yöli bilan odamlarning pulini şiliş bölgan firibgarlik sxemalarini Özbekistonda köplab sanaş mumkin. Minglab odamlar bu «işbilarmonlar»ga aldandi, aldanişda davom etmoqda.
Mazkur sxemalarni öylab topganlar qölga tuşişini bilgan holda köpinça ikki yölni közlaydi: 2-3 yil «ötirib» çiqsa ham milliarder bölib qoliş yoki töplab-töplab, çetga qoçiş.
Masalan, «Avto 60 oy» işida qariyb 16 ming odamni aldab, ulardan 57,4 mlrd söm yiğib olgan Jamşid Bahodirov birinçi yölni tanlagan.
Voqealar rivoji quyidagiça:
2019 yil 13 may – Jamşid Bahodirov «Avto 60 oy» MÇJni davlat röyxatidan ötkazadi;
2019 yil 14 oktyabr – Jamşid Bahodirov 5 oyda (!) mijozlardan 57,4 mlrd sömpul töplaşni uddaladi;
2019 yil 21 oktyabr – unga «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllanadi
Mavzuga oid
;
2021 yil 29 mart –Jamşid Bahodirov 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, qoplanmagan zarar eng qariyb 13 mlrd söm;
2021 yil noyabr – Jamşid Bahodirov umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ötkazildi;
2022 yil 21 iyun –Jamşid Bahodirovning jazosi yengilroq jazoga almaştirilib, u ozodlikka çiqarildi;
2023 yil oktyabr – Jamşid Bahodirov fuqarolarni çuv tuşiriş bilan boğliq yana bir firibgarlikning asosiy «figurant»laridan biri.
«Avto 60 oy» işida jabrlanuvçilar foydasiga undirilişi lozim bölgan mablağ ayni kunda 12 mlrd 905 mln sömni taşkil etadi.
4 yil içida Jamşid Bahodirov 16 ming odamning pulini şilib, qamalib, qamoqdan qaytib çiqib yana odamlarni çuv tuşirişga ulguryapti. Buni uddalaşi uçun unga Jinoyat kodeksidagi «tirqiş» yordam bergan.
Qonundagi «tirqiş»
Jinoyat kodeksida 74-modda bor, u jazoni yengilroği bilan almaştiriş deb ataladi. Öz nomi bilan bu modda har qanday jinoyat sodir etgan odamni xoh sudda bölsin, xoh u jazoni ijro etib turgan paytda, qöllanaveradi. Uni qöllaş mutlaq sudning vakolatida.
Yuqoridagi holatda Jamşid Bahodirovga nisbatan ham uşbu modda qöllangan: u 2019 yil 21 oktyabr kuni qamoqqa olinib, keyinroq 8 yilga ozodlikdan mahrum etilyapti hamda 2022 yil 21 iyun kuni «muddati» axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilyapti. Yetkazilgan zararning 12,9 mlrd söm qoplanmay osilib yotganiga esa sud e’tibor ham bergani yöq, çunki 74-moddada buni inobatga oliş haqida aytilmaganda...
Aslida zarar summasini töliq qoplamagan firibgarlarning jazosini yengilroğiga almaştiriş mumkinligi firibgarlikka rağbatdan boşqa narsa emas. Kodeksdagi bu «tirqiş» Konstitutsiya talablariga zid ekani haqida öylab körilişi kerak.
Yangilangan Konstitutsiyaning 29-moddasida huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinişi, davlat jabrlanganlarga himoyalanişni va odil sudlovdan foydalanişni ta’minlaşi, ularga yetkazilgan zararning örni qoplanişi uçun şart-şaroitlar yaratişi belgilab qöyilgan.
Mazkur norma davlat zimmasiga huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qiliş majburiyatini yuklaydi. Ya’ni davlat huquqbuzarlik tufayli fuqaroga, uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni huquqbuzardan öz vaqtida va töliq hajmda qoplaş böyiça taşkiliy-huquqiy çoralarni köradi. Amaldagi qonunlarga köra, firibgarlik jinoyati böyiça zarar qoplanmasa, huquqbuzarga nisbatan amnistiya yoki afv qöllanmaydi.
Ammo Jinoyat kodeksidagi yuqorida aytilgan «tuynuk» negadir hamon oçiq qol(diril)moqda.
Yaxşiyamki, hozir amnistiya berilmayapti, agar berilganida bormi…
Konstitutsiyaga zid yana bir hujjat bor. Bu Oliy sud plenumining 2006 yil 22 dekabrdagi «Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qöllaşning ayrim masalalari töğrisida»gi qarori. Uning 20-bandida keltirilişiça, suriştiruv, tergov bosqiçida yoki sudda jinoyat işining amnistiya akti asosida tugatilişi jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplaş töğrisidagi masalaning jinoyat protsessida hal etilişi imkoniyatini istisno etadi.
Jinoyat işida fuqaroviy da’vo mavjud bölganda suriştiruv, tergov organi yoki sud amnistiya akti asosida jinoyat işini tugatiş töğrisidagi qaror, ajrimda da’vo körilmasdan qoldirilganini körsatadi. Ayni paytda, JPK 276-moddasi beşinçi qismiga muvofiq, manfaatdor şaxslarga bunday da’voni fuqarolik sudida işlarni yuritiş tartibida taqdim etiş huquqi tuşuntiriladi.
Bu firibgarlar uçun nafaqat rağbat, balki köp ötmay ozodlikka çiqişiga kafolat hamdir. 2016 yildan avvalgi davrlarda (har yili eng kamida bir marta amnistiya akti e’lon qiliş amaliyoti mavjud bölgan) vaziyat şu darajaga yetgandiki, amnistiya e’lon qilinişi arafasida jinoyatçilik, xususan odamlarni çuv tuşiriş avj olib ketardi. Boisi, jinoyatçi amnistiyaga tuşişini oldindan aniq bilardi.
Buni bir misol bilan tuşuntirişga harakat qilamiz.
2007 yil sentabr. U paytda oylik maoşlar naqd körinişida tarqatilar, öqituvçilarning maoşi avval bankka, keyin bankdan «rayono»ga berilardi.
Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi bank filiali boşqaruvçisi bölgan Azizning xonasiga ikki yigit kirib keladi.
— Siz bizga öqituvçilarning oylik maoşidan 100 mln söm berib turasiz. Biz uni ikki kun «aylantirib», 5 ming AQŞ dollari qöşimçasi bilan sizga qaytaramiz, — deydi yigitlar.
Bank boşqaruvçisi bu taklifga osongina könadi va tuman öqituvçilarining maoşidan aytilgan miqdordagi pullarni yigitlarga beradi. Kelişuvga binoan yigitlar ikki kundan söng olingan 100 mln söm pulni hamda 5 ming AQŞ dollarini keltirib, bank boşqaruvçisiga tutqazadi.
Tuman pedagoglarining maoşi bankka kelib tuşgan keyingi oyda yigitlar yana paydo böladi va bu safar karrasiga köproq pul berib turişni söraydi. Bu pul ham ikki kunda «qöl haqi» bilan boşqaruvçiga qaytarib topşiriladi.
Navbatdagi oyda yigitlar Azizdan butun tuman pedagoglarining bir oylik maoşini beş kunga söraşadi. Bu mablağ juda katta summa edi. «Sözida turadigan, mard» yigitlarga çippa-çin işongan bank boşqaruvçisi ularga söralgan barça pulni tutqazib yuboradi. Ammo yigitlar şu bilan ğoyib bölişadi. Ular «baliqni qarmoqqa ildirişgandi»: bunçalik oson pul topiş mumkinligidan nafsi hakalak otgan bank boşqaruvçisi bu xörak ekanligini tuşunmagan.
Ayni şu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, boşqaruvçi, bankning uç xodimi va firibgarlar tomonidan tayin qilingan bir yigit qamoqqa olinadi. Yetkazilgan zararning 1 sömi ham qoplanmaydi, çunki uni qölga kiritganlar allaqaçon çet elga çiqib ketişgan edi.
Qamoqqa olinganlar sudning hukmi bilan uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Ammo köp ötmay e’lon qilingan amnistiya akti tufayli ular qamoqda 1 yil ham ötirganlari yöq, budjetning milliardlari esa havoga uçdi.
«Taqdiri» noma’lum qonun
Senatning 2023 yil 6 aprel kuni bölib ötgan öttiz töqqizinçi yalpi majlisida «Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini ta’minlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun körib çiqilgan hamda senatorlar tomonidan ma’qullangan.
Qonun bilan Jinoyat kodeksi «korrupsiyaga oid jinoyatlar» degan yangi atama bilan töldirilib, unga köra kodeksning tegişli moddalari, qismi va bandlarida nazarda tutilgan qilmişlar korrupsiyaga oid jinoyatlar deb topilişi belgilangan hamda uşbu jinoyatlar uçun jazoni kuçaytiriş nazarda tutilgandi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga kiritilayotgan özgartirişlar orqali özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, firibgarlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş uçun hukm qilingan, biroq jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni töliq qoplamagan şaxslarga hamda pora oliş, pora beriş, pora oliş-berişda vositaçilik qiliş jinoyatlarini sodir etgan şaxslarga nisbatan jazo muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş va jazoni yengilroği bilan almaştiriş kabi normalar qöllanilmasligi belgilangan.
Biroq uşbu qonunning «taqdiri» noma’lumligiça qolmoqda.
Nima qiliş kerak?
Jinoyat kodeksi «ilhom» berişi emas, qörqitişi lozim. Ya’ni har qanday holatda yetkazilgan zarar qoplanmas ekan, jazoni yengilroği bilan almaştirişni butunlay taqiqlaş zarur.
Odamlarni çuv tuşiriş bilan boyişni maqsad qilgan firibgarlarga sud tomonidan 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berildimi, agar zararni töliq qoplamasa şunça muddat «ötirişi», xatto manzilli koloniyaga ham çiqarilmasligi kerak.
Buning uçun esa Jinoyat kodeksining 74-moddasi yangi Konstitutsiyaga moslaştirilişi lozim. Jazoning ötalmagan qismini yengilroği bilan almaştiriş jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni töliq qoplamagan şaxslarga nisbatan qöllanmasligiga doir özgartiriş kiritiş kerak. Şundagina davlat pulini özlaştirayotgan amaldorlar va odamlarni aldayotgan firibgarlarga rağbat berayotgan «tuynuk»lardan biri yopiladi.
Yöqsa, Jamşid Bahodirov keysidagi kabi firibgarlik sxemalari, davlat pulini talon-toroj qiliş yöllari öylab topilaveradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi