Kun.uz sayti avvalroq “Avto 60 oy” işi doirasida firibgarlik qilib, fuqarolarni katta pulga çuv tuşirgan, keyinroq sud hukmi bilan 8 yilga qamalgan Jamşid Bahodirov ozodlikda ekani haqida yozgan edi.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz'ga izoh berdi.
Jamşid Bahodirov JIB Çilonzor tuman sudining 2021 yil 29 martdagi hukmi bilan 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. U jazoni umumiy tartibli koloniyada 2019 yil 15 oktyabrdan boşlab ötaşi belgilangan. Şuningdek, bu hukm ustidan şikoyat berilmagani va protest bildirilmagani sababli jinoyat işi apellyatsiya tartibida körilmagan.
J.Bahodirov JIB Nişon tuman sudining ajrimi bilan 2021 yil noyabr oyida umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ötkazilgan. U manzil koloniyada 8 oy davomida “özini yaxşi tutgani va tuzaliş yöliga ötgani uçun” ijobiy tavsifnoma oladi hamda JIB Böka tuman sudining ajrimi bilan uning ötalmay qolgan 5 yildan köproq “muddati” axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.
«43-son manzil-koloniyasi tomonidan 2022 yil 13 iyun kuni berilgan tavsifnomada, mahkum J. Bahodirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 74-moddasini qöllaş tayinlangan jazoning uçdan bir qismi ötalganidan keyin, 2022 yil 15 iyun kuniga töğri kelişi, u örnatilgan tartib-qoida talablarini bajarib, mehnatga halol munosabatda bölganligi hamda jazoni ötaş davrida tuzaliş yöliga ötganligi körsatilib, ijobiy tavsiflangan.
Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasiga asosan mahkumning advokati tomonidan berilgan iltimosnoma jinoyat işlari böyiça Böka tuman sudining 2022 yil 21 iyun kungi ajrimi bilan qanoatlantirilib, şu vaqtda amalda bölgan Jinoyat kodeksining 74-moddasi 3-qismi “b” bandiga asosan J. Bahodirovga tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötalmagan 5 yil 3 oy 24 kun muddati şu muddatga iş haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.
Sud, mahkum J. Bahodirovning oğir jinoyat uçun 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan sudlanib, uşbu jazoning uçdan bir qismidan köproği, ya’ni 2 yil 8 oy 6 kunini ötaganligi hamda manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan bildirilgan tavsifnomani inobatga olib, advokat tomonidan berilgan iltimosnoma qanoatlantirilgan.








