Nodavlat notijorat taşkilotlar faoliyatiga noqonuniy aralaşganlar javobgarlikka tortiladi. Bu Özbekiston prezidenti tomonidan 21 avgustda imzolangan qonun bilan belgilab qöyildi.
Qonunçilik palatasi tomonidan 2025 yil 15 aprelda qabul qilinib, Senat tomonidan 30 aprelda ma’qullangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Xususan, kodeks 197-8-modda (nodavlat notijorat taşkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş) bilan töldirildi. Unga köra, davlat organlari mansabdor şaxslari tomonidan nodavlat notijorat taşkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş BHMning 7 baravaridan 10 baravarigaça (2 mln 884 ming sömdan 4 mln 120 ming sömgaça) jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bölsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça (4 mln 120 ming sömdan 6 mln 180 ming söm) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Nodavlat notijorat taşkilotlari (diniy taşkilotlar bundan mustasno), şuningdek, ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat röyxatidan ötmasdan (hisobga olinmasdan) faoliyatni amalga oşirgani uçun jarimalar maksimal miqdori kamaytirildi. Endilikda bu BHMning 15 baravaridan 25 baravarigaça (6 mln 180 ming sömdan 10,3 mln sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi. Ilgari jarimaning yuqori miqdori BHMning 30 baravariga (12 mln 360 ming söm) teng edi.
















