Boş prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining tegişli ijro varaqalariga asosan, “Avto oltmish oy” MÇJ mansabdor şaxslari J.Bahodirov, O.Mirzayev, M.Gulmirzayeva, M.Hakimova va E.Qurbonovlardan solidar tartibda 15 ming 761 nafar undiruvçilar foydasiga jami 44 mlrd 471 mln söm yetkazilgan zararni undiriş va undiruvni tergov davomida xatlangan mol-mulklarga qaratiş belgilangan.
Byuroning Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida jabrlanuvçilarga jami 26,7 mlrd söm undirib berilgan. Undirilişi lozim bölgan zarar ayni kunda 12 mlrd 905 mln sömni taşkil qilmoqda.
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining 2021 yil 29 martdagi hukmi bilan “Avto oltmish oy” MÇJ rahbari Jamşid Bahodirov 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
J.Bahodirov JIB Nişon tuman sudining ajrimi bilan 2021 yil noyabr oyida umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ötkazilgan. U manzil-koloniyada 8 oy davomida “özini yaxşi tutgani va tuzaliş yöliga ötgani uçun” ijobiy tavsifnoma oladi hamda JIB Böka tuman sudining ajrimi bilan uning ötalmay qolgan 5 yildan köproq “muddati” axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.
Kun.uz suriştiruvida aniqlanişiça, yana bir jinoiy guruh “oson şartlarda” avtomobil va uy-joy olib berişni va’da qilib, fuqarolarni katta mablağga çuv tuşirgan. Bu safargi aldov Instagram sahifasida Xumo vines nomi bilan tanilgan vayner şaxsidan foydalanib amalga oşirilgan. Uçarlar jamoasi tarkibida “Avto 60 oy” işida 8 yilga qamalib, 2 yil-u 10 oy “ötirib” çiqqan Jamşid Bahodirov ham bor.








